2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ingichkaga xitoylik tadbirkorlar investitsiya kiritadi

 

 

Samarqand viloyati hokimligida Xitoyning Sinszyan provinsiyasidagi Sinyan ilmiy-savdo kompaniyasi prezidenti Sun Chjenszyun boshchiligidagi delegatsiya azolari bilan uchrashuv bolib otdi.

Samarqand viloyati hokimi T.Jorayev mehmonlarni tashrifi bilan qutlab, ikki davlat rahbarlari tashabbusi bilan mamlakatlarimiz ortasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar aloqalar tobora kengayib borayotganini takidladi. Bu ayniqsa, sanoat, yuqori texnologiyalar, neft-gaz va logistika, toqimachilik, qishloq xojaligi sohalarida yaqqol kozga tashlanmoqda. 2017 yilda davlatlarimiz ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollardan oshdi. Joriy yilda bu raqamning yana ham yuqori bolishi kutilmoqda.

Ayni paytda Samarqand viloyatida Xitoy kapitali ishtirokida 30 dan ortiq qoshma korxona faoliyat korsatmoqda. Mazkur korxonalar tomonidan qurilish materiallari, yengil sanoat, poyabzal, kimyo mahsulotlari, qadoqlash materiallari, motorollerlar va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Endilikda ushbu yonalishlar qatoriga tog-kon metallurgiya sanoati ham qoshiladi.

Ozbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qomitasi taklifiga kora yurtimizga tashrif buyurgan Xitoyning Sinyan ilmiy-savdo kompaniyasi, ogir-mexanika sanoati yonalishida faoliyat korsatuvchi CITIC kompaniyasi, Xenan provinsiyasidagi komir sanoati instituti, tog-kon metallurgiya sanoati yonalishidagi Xenan Golun kompaniyasi rahbar va muhandislari Kattaqorgon shahridagi Ingichka qorgonidagi sobiq Ingichka koni aksiyadorlik jamiyati uchastkalarida volfram, molibden va mis qazib olish boyicha loyihani amalga oshirish yuzasidan dastlabki organish ishlarini olib bordi.

Uchrashuvda delegatsiya rahbari Sun Chjenszyun organish xulosalari asosida Ingichkada mavjud ikkita shaxtadan foydalanish va qoshimcha yangi kon shaxtalarini qurish imkoniyati mavjudligini takidladi. Shuningdek, hududda ozaro hamkorlikda zamonaviy asbob-uskunalardan foydalangan holda geologiya-qidiruv ishlari olib borilsa, volfram, molibden va mis metallaridan tashqari boshqa mineral xomashyo resurslari zaxiralari ham aniqlanishi qayd etildi. Bu yerda ruda qumi chiqindisidan qurilish materiallari, jumladan, bezakli gisht ishlab chiqarish mumkin.

Xorijlik investorlar guruhi bilan otkazilgan muloqotlar yakuniga kora, Ingichkada tog-kon metallurgiya sanoati yonalishidagi loyihani amalga oshirish hamda qorgonda kommunikatsiya tarmoqlari holatini yaxshilash, infratuzilma obektlari qurish uchun Xitoy tomonidan 50-55 million AQSh dollari miqdorida togridan-togri investitsiya jalb qilinadi. Loyihaning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi bilan 500 tadan 700 tagacha yangi ish orni yaratiladi.

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018