2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

ShHT sammiti va Ozbekistonning strategik manfaatlari

 

 

2018 yil 8-10 iyun kunlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasida boladi va ShHTga azo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Xalqaro ekspertlar hozirdanoq mazkur sammit tarixiy ahamiyatga ega ekani, tuzilma faoliyatida yangi sahifa ochishi haqida gapirishmoqda.

Ozbekiston ShHT asoschilaridan biri sifatida tashkilot doirasidagi hamkorlik strategiyasini aniqlashda boshqa azolar bilan tengma-teng qatnashyapti. Mamlakatimiz ShHT Xartiyasi hamda uning asosini belgilovchi boshqa hujjatlarda belgilab qoyilgan maqsadlar, vazifalar va tamoyillarga qatiy mos keluvchi siyosatni ogishmay davom ettirish, mintaqa davlatlarining xavfsizligi hamda barqarorligini, iqtisodiy farovonligi va taraqqiyotini taminlash bilan bogliq tashabbuslarni royobga chiqarish tarafdoridir.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasining asosiy qoidalari Shanxay tuzilmasining maqsad hamda vazifalariga kop jihatdan hamohangdir. Ularni hayotga bosqichma-bosqich tatbiq qilish yaqin qoshnilar bilan munosabatlarni uygunlashtirish, Markaziy Osiyoda, umuman, butun ShHT hududida tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi.

Tarkibiga Hindiston va Pokiston davlatlari qoshilgach, Yer yuzi aholisining deyarli yarmi istiqomat qilayotgan ulkan hududni qamrab olgan Shanxay tashkiloti otgan 17 yil mobaynida sayyoramizda barqarorlikni taminlashga juda katta hissa qoshdi.

Birinchidan, dunyoning bir necha mintaqalarida turli tahdidlar hamda xavflar yuzaga kelayotgan, vaziyat keskinlashib borayotgan bir davrda tashkilotga azo mamlakatlarning ozaro samarali faoliyati natijasi olaroq, Yevrosiyo hududining 60 foizini egallagan ShHT maydonida doimiy barqarorlik saqlanib turibdi.

ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining malumotlariga kora, songgi 5 yil ichida (2013-2017 yillarda) vakolatli organlar tomonidan 600 dan ortiq terrorchilik xarakteridagi jinoyatlar tayyorlanish jarayonida fosh etilgan, 500 dan ziyod tayyorgarlik bazalari yoq qilingan, xalqaro terrorchilik tashkilotlariga azo bolgan

2 ming nafardan koproq shaxslar qolga olingan, mingdan ortiq qolbola portlovchi uskunalar, 10 mingdan ziyod oqotar qurollar, bir milliontadan kop oq-dori musodara etilgan. 2016-2017 yillarda terrorchilik va ekstremistik mazmundagi 4 milliondan ortiq materiallarni ozida joylashtirgan yuz mingdan ziyod internet resurslar bartaraf qilingan yoki ularga kirish cheklangan.

Ikkinchidan, ShHT davlatlarining aksariyati iqtisodiy osishning yuqori suratlarini namoyish etmoqda. 2016 yilda azo davlatlar iqtisodiyotida ortacha 4,8 foizlik osish kuzatildi va xuddi shu suratlar 2017 yilda ham saqlanib qoldi. XXR Tijorat vazirligi malumotlariga qaraganda, 2017 yil yakunlari boyicha Xitoyning tuzilmaga azo mamlakatlar bilan tovar aylanmasi 19 foiz osib, 217,6 milliard AQSh dollariga yetdi.

Yangi azolarning tashkilotga qabul qilinishi uning iqtisodiy salohiyatini ham oshirib yubordi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga kora, hozirgi paytda ShHT davlatlarining dunyo YaIMdagi ulushi 30 foizni tashkil etadi.

Xalqaro valyuta jamgarmasi 2020 yilga borib, mazkur korsatkich 35 foizga chiqishini taxmin qilmoqda. Bunday suratlar bilan ShHTga azo davlatlar iqtisodiyotining jahon bozoridagi ulushi 40 foizgacha yetishini kutish mumkin.

Azo mamlakatlar manfaatlarining xavfsizlik hamda iqtisodiy masalalarda mushtarak ekanligi ShHT erishgan muvaffaqiyatlarning, dunyodagi ozgaruvchan vaziyatga tez moslasha olish qobiliyatining bosh omili boldi. ShHT mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy munosabatlarni izchil ostirib borish uchun qulay muhit yaratish, hamkorlikda infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish uchun oziga xos platformaga aylandi. Hozirgi paytda investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish, qoshimcha yuk tashish hajmlarini jalb qilish hamda yangi transport yonalishlarini ochishga alohida etibor qaratilmoqda.

ShHT azo mamlakatlarni ham ikki tomonlama, ham kop tomonlama asosda ozaro birgalikda harakatlanishga ragbatlantiradi. Masalan, Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning XXRga 2017 yil may oyidagi birinchi davlat tashrifi doirasida 100 dan ortiq, jami 23 milliard AQSh dollarilik hujjatlar imzolandi. Ikki davlat yetakchilarining samarali muzokaralari savdo, investitsiyalar va texnologiyalar, transport kommunikatsiyalari, gidroenergetika, gumanitar sohalardagi ozaro aloqalarni yanada yuksaltirish boyicha yangi strategik imkoniyatlar eshigini ochib berdi.

ShHT ulkan salohiyatga ega. Tashkilotning jahon maydonidagi tasiri hamda obrosini oshirish uchun bu kuchni ishga solish lozim. Shu manoda, Bir makon, bir yol tashabbusini amalga oshirishda Shanxay sakkizligining bahamjihat intilishlari muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Bunda hamkorlikning eng muhim, istiqbolli yonalishi transport kommunikatsiyalari bolib qolmoqda. Avtomobil va temir yollar qurish, yirik logistika markazlarini barpo etish, ushbu obektlardagi katta ish hajmini inobatga oladigan bolsak, ShHT davlatlarining barchasida aholi bandligi hamda daromadini oshirishning ota samarador manbaiga aylanishi mumkin.

Ana shunday loyihalarni royobga chiqarish Markaziy Osiyoning oarb va Sharq, Shimol hamda Janub ortasidagi boglovchi zona sifatidagi geosiyosiy jozibadorligini oshiradi. Xitoy va Osiyo Tinch okeani mintaqasini Markaziy hamda Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakatlarining yirik bozorlariga eng qisqa yollar orqali olib chiquvchi yangi strategik imkoniyatlar paydo boladi.

Ozbekiston hamda Xitoy allaqachon mazkur yonalishda hamkorlik tajribasiga ega. Jumladan, 2016 yilda birgalikdagi intilishlar natijasi olaroq, Qamchiq temir yol tonneli foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda Ozbekiston, Qirgiziston va Xitoy temir yol magistrallarini birlashtirish yuzasidan muzokaralar ketmoqda. Mutaxassislar agar bu loyiha amalga oshsa, hudud Buyuk Ipak yolining iqtisodiy belbogi boylab strategik ahamiyatga molik xalqaro yonalish bolib qolishiga ishonch bildirishyapti.

Hech shubhasiz, bu uzoq muddatli barqarorlik hamda xavfsizlikni mustahkamlashning bosh omili sifatida Markaziy Osiyo davlatlari taraqqiyotida yangi kuchli tolqin hosil qiladi. Yangi-yangi goyalar royobga chiqarilar ekan, bugungi davrga kelib, Markaziy Osiyo yopiq mintaqadan Yevrosiyoning Sharq va oarb, Shimol hamda Janub ortasida joylashgan ulkan maydonidagi mintaqalararo transport yonalishlari chorrahasiga aylanishga har qachongidan ham yaqin keldi. Janubiy Osiyoning ikki eng yirik mamlakati Hindiston va Pokistonning ShHTga tolaqonli azo sifatida qoshilishi ham tuzilma faoliyatiga hamma jabhada yangi surat olib kiradi. Rasmiy Dehli hamda Islomobodning faol ishtiroki hamkorlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish uchun imkoniyat eshiklarini ochadi.

Dunyo siyosiy va iqtisodiy maydonida noaniqliklar, turli mavhumliklar tobora kuchayib borayotgan, xalqaro vaziyat birdaniga ozgarib ketayotgan bugungi sharoitda ShHTga azo davlatlar uchun: Xartiyada hamda tuzilma asosini tashkil etuvchi hujjatlarda mustahkamlangan ochiqlik va bloklarga qoshilmaslik qoidalariga hamisha sodiq bolish; kun tartibidagi asosiy masalalar boyicha qaror qabul qilishda kelishish hamda konsensus tamoyiliga qatiy amal qilish; ustuvor yonalishlarda hamkorlikni kengaytirish va kuchaytirish; mintaqada ShHT davlatlarining barchasi uchun birdek manfaatli bolgan, iqtisodiy asoslantirilgan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar ota muhimdir.

Bunday loyihalarni royobga chiqarishdan keladigan natijalarning ahamiyati, ayniqsa, iqtisodiyot hamda xavfsizlik tushunchalari orasidagi chambarchas bogliqlik etiborga olinsa, nihoyatda beqiyosdir. Binobarin, globallashuv sharoitida mazkur ikki sohani ayro holda tasavvur etolmaymiz. Iqtisodiyotni oylamay turib, xavfsizlik haqida gapirib bolmaydi va aksincha, xavfsizlikni taminlamasdan barqaror iqtisodiy taraqqiyotni kozlash mumkin emas.

Abbos BOBOXONOV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik

va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi.

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018