2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Mamlakatimiz erishayotgan taraqqiyot xorijlik olimlar nigohida

 

 

27-iyun kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi doirasida F.Starr hamda S.Kornell muharrirligi ostidagi Ozbekistonning yangi qiyofasi nomli kitobning taqdimoti bolib otdi. Unda AQSh delegatsiyasi azolari, diplomatik korpus, qator vazirlik va idoralar vakillari, tadqiqot institutlari va markazlari mutasaddilari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori V.Norov, Xalqaro munosabatlar va axborot-tahlil markazi direktori E.Aripov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Sh.Abdullayev va boshqalar songgi ikki yilda mamlakatimiz erishayotgan taraqqiyot, iqtisodiy yuksalish, ijtimoiy soha rivoji haqidagi fikrlar ushbu kitobda oz aksini topganini takidladi.

Mamlakatimiz hayotida 2017 yil ulkan ozgarish va voqealarga boy boldi. Asar yuzlab huquqiy hujjatlar, Prezident farmon va qarorlarini organish mahsuli sifatida paydo boldi. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sohalar, xalqaro munosabatlarda amalga oshirilayotgan ulkan ijobiy ozgarishlar, voqealar xolis tahlil qilinadi. Kechayotgan faol ozgarish va tadrijiy rivojlanishdagi yuqori ishtiyoq haqida mulohaza yuritiladi.

Asarda Ozbekistonning otgan yillar davomida tashqi siyosatidagi ustuvor tamoyil Markaziy Osiyo xavfsizligi tushunchasi davlatimizrahbari boshchiligida mintaqaviy rivojlanish va barqaror taraqqiyot mezonlari bilan boyitildi. Bu, oz navbatida, iqtisobiy yuksalish, Afgonistonda tinchlikka erishish yolidagi ezgu intilishlar va mintaqa davlatlarining integratsiyalashuvini yanada faollashtirmoqda.

Xalqaro press-klub sessiyasida F.Starr boshchilik mualliflar jamoasining izlanish va tadqiqotlari natijasida bugun Garb olami Markaziy Osiyoda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bolayotgani qayd etildi.

Mehmonlar Ozbekiston elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi media markazida bolib, tuzilma faoliyati bilan ham tanishdi.

Mazkur tashkilot faoliyatini nodavlat ommaviy axborot vositalarini qollab-quvvatlash, ularning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash asosida tashkil etib kelmoqda. Tuzilma bugungi kunda yuzga yaqin nodavlat elektron ommaviy axborot vositalarini birlashtirgan. Yurtimizda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari qatorida keng kolamli demokratik islohotlar, xususan, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati qurish yolidagi ishtirokini yoritishda faol qatnashib kelmoqda.

Uchrashuvda xorijlik ekspertlarga nodavlat teleradiouzatuvchilarning rivojlanish dasturlari, amalga oshirilayotgan yangi loyihalar haqida sozlab berildi.

 

Manba: OzA


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018