2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9-may Xotira va qadrlash kuniga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqi

 

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!

Muhtaram faxriylar!

Hurmatli mehmonlar!

Bugun jonajon Vatanimizda 9 may Xotira va qadrlash kuni, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Galabaning 73 yilligi keng nishonlanmoqda.

Ana shu qutlug ayyom bilan sizlarni, sizlar orqali kop millatli butun xalqimizni chin qalbimdan muborakbod etaman. Barchangizga ozimning chuqur hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Siz, azizlarni biz fashizmga qarshi mardona kurashgan, buyuk Galabaga beqiyos hissa qoshgan, Vatanimizning haqiqiy qahramonlari, deb bilamiz va sizlar bilan cheksiz faxrlanamiz.

Sizlarning bugun oramizda mana shunday nuroniy bolib, duogoy bolib yurishlaringiz biz uchun, albatta, katta baxt, katta davlatdir.

Hammamizga ayonki, bu dunyoda tinchlik va omonlik, baxtu saodat barqaror bolishi uchun inson ozini ayamasdan kurash olib borishi, fidokorona mehnat qilishi kerak. Sizlarning yuksak jasorat va matonatingiz, butun hayotingiz bunga yaqqol misol bola oladi.

Bugun fashizmga qarshi kurashda halok bolgan minglab vatandoshlarimizning sonmas xotirasini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish biz uchun ham qarz, ham farzdir.

Qonli jang maydonlarida mardlik korsatgan, front ortida mehnat qilib, bugun hayotimizga fayz bagishlab yurgan muhtaram faxriylarimiz oldida barchamiz bosh egib tazim qilamiz.

Ayni vaqtda mustaqil Vatanimiz ozodligi, el-yurt tinchligi yolida halok bolgan jasur harbiylarimizning nomlarini ham hurmat va ehtirom bilan esga olamiz. Ularning oila azolari, farzandlariga etibor va gamxorlik korsatishni ozimizning muqaddas burchimiz, deb bilamiz.

Aziz va muhtaram dostlar!

Ikkinchi jahon urushi haqiqatan ham insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirgin bolgan edi. Bu urush xalqimiz boshiga qanday ogir azob-uqubat va talafotlar, behisob qurbonlar keltirganini el-yurtimiz hech qachon unutmaydi.

Albatta, bu haqda juda kop gapirish mumkin. Ruxsatingiz bilan, men, takror bolsa ham, faqat bazi misollarga toxtalib otmoqchiman.

Urush arafasida Ozbekistonda 6,5 million aholi yashagan bolsa, shundan 1 million 500 mingdan ziyodi frontga safarbar etilgan. Bu osha paytdagi xalqimizning 22 foizini, mehnatga yaroqli aholining esa 40-42 foizini tashkil etardi.

Mehribon ota-onasini, aziz farzandlari, tabarruk ona yurt tuprogini himoya qilishga otlangan bu botir insonlar kechayu kunduz qon kechib, Moskvadan to Berlingacha bolgan olovli yollarni qahramonlarcha bosib otdilar.

Urushda ozbekistonlik jangchilardan 500 mingdan koprogi frontga safarbar etilganlarning har uchtasidan biri halok boldi, 60 mingdan ortiq hamyurtimiz nogiron bolib qaytdi.

Bu yovuz urush tufayli qancha-qancha oilalar oz boquvchisidan ajraldi, godaklar yetim, ayollar beva bolib qoldi. Oz jigarbandidan judo bolgan ming-minglab onalar qalbidagi alam va iztirobni ifoda etishga soz ojiz.

El-yurtimizning buyuk Galabaga qoshgan ulkan hissasi haqida gapirar ekanmiz, quyidagi raqamlarga alohida toxtalish orinli, deb oylayman. Urushda qatnashgan 120 mingdan ortiq Ozbekiston farzandi jangovar orden va medallarga sazovor bolgan. Ularning 280 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan, 82 nafari esa uchala darajadagi Slava ordeni bilan mukofotlangan.

Urush yillarida Ozbekiston frontning mustahkam taminot bazasiga aylandi. Yurtimizdagi sanoat korxonalari harbiy sohaga moslashtirildi, barcha imkoniyatlar front uchun, galaba uchun safarbar etildi.

Olkamizga evakuatsiya qilingan yuzdan ziyod zavod va fabrikalarni ishga tushirishda ishchi va muhandislar bilan birga ayollar va keksalar, ospirin bolalar mardlik va matonat bilan mehnat qildilar.

Urush davrida xalqimiz tomonidan frontga 2 mingdan ziyod samolyot, koplab qurol-yarog, yuzlab harbiy-sanitariya poyezdlari, dala oshxonalari, palatkalar, juda katta miqdordagi oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berildi.

Ozbekiston mehnatkashlari toplagan mablaglar hisobidan onlab harbiy samolyot va tanklar, jangovar mashinalar barpo etildi.

1941-1945 yillarda mamlakatimiz sobiq Ittifoq miqyosidagi ulkan gospitalga aylandi. Bu yerda ming-minglab jangchilar davolanib, urush va mehnat frontlariga qaytdilar.

Osha suronli yillar haqidagapirganda, xalqimizning olijanob gumanistik fazilatlari togrisida har qancha faxrlanib, gururlanib soz yuritsak, arziydi, albatta.

Ozbekiston urush tufayli uy-joyi, ota-onasi va qarindoshlaridan ajralgan, front hududlaridan kochirib keltirilgan qariyb 1 million kishini oz yaqinlaridek kutib oldi. Ularning 200 ming nafari bolalar edi. Yuzlab ozbek oilalari evakuatsiya qilingan yetim bolalarni oz tarbiyasiga oldi. Oxirgi burda nonini ham ular bilan baham kordi.

Toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov xonadoni ana shunday oilalardan biri edi.

Bahri aya va Shoahmad ota 14 nafar och-yupun, yetim bolani oz tarbiyasiga olib, ularga mehr va gamxorlik korsatdilar.

Xalqimizga xos ana shunday buyuk insonparvarlik yuksak manaviy jasorat namunasi sifatida butun dunyoda etirof etildi.

Keyingi paytda jamoatchiligimiz tomonidan bildirilgan koplab murojaatlarni hisobga olib, biz Shoahmad Shomahmudov oilasiga qoyilgan haykalni Toshkent shahri markazidagi avvalgi joyiga qaytarishga qaror qildik.

Ushbu yodgorlik yonida joylashgan markaziy kochalardan biriga Shoahmad Shomahmudov nomi berildi. Shuningdek, haykal ornatilgan maydon, shu hududdagi metro stansiyasi, sanat saroyining Xalqlar dostligi degan avvalgi nomi qayta tiklandi.

Albatta, bunday qaror chuqur asosga ega. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari dostlik, ozaro hurmat muhitida tinch-totuv yashamoqda.

Ishonchim komil, Ozbekiston poytaxti markazida qayta tiklangan majmua azaldan xalqimizga xos bolgan, tobora mustahkamlanib borayotgan bagrikenglik va hamjihatlik, saxovat va olijanoblik fazilatlarining yorqin timsoli bolib qoladi.

Aziz dostlar!

Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimiz korsatgan mardlik va olijanoblik haqida koplab ilmiy va badiiy asarlar yaratilganini, albatta, minnatdorlik bilan takidlaymiz.

Shu bilan birga, el-yurtimizning buyuk Galabaga qoshgan ulkan hissasi hali tola ochib berilmagan, desak, bu ham adolatdan boladi.

Bugungi fursatdan foydalanib, men tarixchi olimlarimizga, adabiyot va sanat arboblariga, keng jamoatchiligimizga bir taklif bilan murojaat qilmoqchiman. Bu dahshatli urushda qatnashgan ota-bobolarimizning qahramonligi haqida yangi-yangi asarlar yaratish, jumladan, aniq tarixiy hujjatlar asosida mukammal kitob-albom tayyorlab, nashr etishning, oylaymanki, vaqti soati keldi.

Haqiqatan ham, unib-osib kelayotgan yosh avlodimiz fashizm balosiga qarshi kurashda jasur ajdodlarimiz korsatgan mardlik va matonatni aslo yodidan chiqarmasligi kerak. Bu tarixiy haqiqatni ularga tola yetkazish, farzandlarimizni milliy gurur va iftixor ruhida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda barcha mutasaddi tashkilotlar, olimlarimiz, ijodkor ziyolilarimiz faol ishtirok etadilar, deb ishonaman.

Qadrli yurtdoshlar!

Bugun azim poytaxtimiz Toshkent shahrida, barcha viloyat va tumanlarda el-yurtimiz Xotira maydonlarini ziyorat qilib, urushda halok bolgan vatandoshlarimizni yod etmoqda. Muhtaram faxriylarimiz bilan samimiy uchrashuvlar otkazilib, ularga mukofotlar, esdalik sovgalari topshirilmoqda.

Hammamiz yaxshi tushunamiz, keksalarimiz, motabar otaxon va onaxonlarimizni rozi qilsak, butun xalqimiz, jamiyatimiz bizdan rozi boladi. Ularning tabarruk duolari bu, avvalo, el-yurtimizning duosi, desak, har tomonlama togri boladi.

Shu munosabat bilan takidlab aytmoqchiman keksa avlod vakillariga etibor va gamxorlikni kuchaytirish, ularning ijtimoiy taminoti, tibbiy xizmatdan foydalanishi, maishiy sharoitlarini yaxshilash, hurmatli faxriylarimizni har tomonlama qollab-quvvatlash, ezozlash va ardoqlash bundan buyon ham etiborimiz markazida bolib qoladi.

Albatta, mana shu qutlug bayram kunlarida, yam-yashil tabiat bagrida, musaffo osmon ostida turib, har birimiz tinch va ozod hayotning qadrini, ahamiyatini yanada chuqur his etmoqdamiz.

Lekin, ming afsuski, dunyoning turli mintaqalarida keskinlik ochoqlari kopayib bormoqda. Bu ham ayni haqiqat. Shunday murakkab davrda tinchlik uchun kurash chindan ham eng dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Shuning uchun biz yaqin va uzoq qoshnilarimiz bilan ozaro manfaatli aloqalarni kuchaytirmoqdamiz. Ayniqsa, mintaqamizda dostlik va hamkorlik ruhini mustahkamlash boyicha katta ishlarni amalga oshirayotganimiz sizlarga yaxshi malum. Jumladan, jafokash Afgoniston zaminida salkam 40 yildan buyon davom etayotgan mojaroni tinch yol bilan hal etish borasidagi tashabbuslarimiz xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qollab-quvvatlanmoqda.

Mintaqamizdagi tinchlik va taraqqiyot barchamizning birgalikdagi say-harakatlarimizga bogliq. Shu manoda, bugun Markaziy Osiyo davlatlari ozaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga kotarishga intilayotgani goyat muhim ahamiyatga ega.

Ayni paytda Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, sarhadlarimiz daxlsizligini saqlash, xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik kabi xatarlarga qarshi kurashish bosh vazifamiz bolib qoladi. Bu borada Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini oshirib, tinchlik va xavfsizlik yolida olis va yaqin davlatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytiramiz.

Fursatdan foydalanib, Ozbekistonni xayrixohlik bilan qollab-quvvatlab kelayotgan, bugungi davramizda ishtirok etayotgan diplomatik korpus vakillariga, barcha xorijiy mehmonlarimizga yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz. Ularning mamlakatlari va xalqlariga oz nomimdan, el-yurtimiz nomidan tinchlik va ravnaq tilashga ijozat bergaysiz.

Qadrli va muhtaram vatandoshlarim!

Siz, azizlarni qutlug bayram Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman.

Hammangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Dunyodagi eng katta baxt farzandlar, nabiralarning baxtu kamolini korish barchangizga nasib etsin.

Yurtimiz tinch, xalqimizomon bolsin!

Osmonimiz doimo musaffo bolsin!

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018