2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri orinbosari, Prezident ishlari boyicha vazirini qabul qildi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 7-may kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri orinbosari, Prezident ishlari boyicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Ozbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari ortasidagi turli darajadagi aloqalar faollashgani, barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga kotarilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Suhbat davomida ikki tomonlama amaliy hamkorlikning asosiy yonalishlari, jumladan, mamlakatimizga Amirliklar investorlarini istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga keng jalb etish, ularning faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Bu borada neft-gaz, kimyo, qurilish, qishloq xojaligi, logistika, turizm, shaharsozlik va ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda ozaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Oz navbatida, Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayonning yuksak hurmati va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuv chogida mehmon joriy yil mart oyida Toshkent shahrida bolib otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyada Ozbekiston tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar hamda Islom hamkorlik tashkiloti doirasida bildirilgan takliflarni Amirliklar hukumati toliq qollab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon mamlakatlarimiz ortasidagi har tomonlama va ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, jumladan, aniq istiqbolli investitsion loyihalarni hayotga tola tatbiq etishga Birlashgan Arab Amirliklari tayyor ekanini malum qildi.

Bu haqda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018