2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston: OTMlarga qabul kvotasi tasdiqlandi

 

 

Bakalavriat, magistratura va maxsus sirtqi bolimlarga talabalarni qabul qilish kvotasi qariyb 8500 nafarga oshirildi. Sirtqi va kechki bolimlarga qabul kvotalari keyinroq elon qilinadi.

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4 iyundagi qarori bilan 2018−2019 yillarda mamlakat OTMlariga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Ozbekiston 24 telekanalining Axborot 24 dasturi xabar qildi.

Umumiy qabul kvotasi qariyb 8500 nafarga oshib, 78701 dan (grant boyicha 19725, tolov-kontrakt 58976) 87165 taga (19240, 67925) yetdi.

Bakalavriat kunduzgi bolimlariga 1714 nafar talaba koproq qabul qilinib, jami 69460 nafarga yetadi (otgan yili 67746). Ularning 17669 nafari grant, 51791 nafari shartnoma asosida qabul qilinadi.

Magistraturaga qabul kvotasi qariyb 1000 nafarga oshib, 5940 (5000) nafarga yetadi. Ularning 1556 nafari (ozgarishsiz) grant boyicha tahsil olsa, 4384 nafari (3444) shartnoma asosida oqiydi.

Bakalavriatning maxsus sirtqi bolimlariga qabul soni qariyb ikki barobarga oshib, 11765 nafarga yetkazildi (otgan yili 5955). Ularning 15 nafari (ozgarishsiz) grant asosida tahsil olsa, 11750 nafari (5940) shartnoma boyicha talim oladi.

Qaror bilan bakalavriatda 16 ta (biznes-informatika, yoruglik texnikasi, biotibbiy fizika va boshqalar), magistraturada esa 18 ta (raqamli iqtisodiyot, yarim otkazgich materiallar nanotexnologiyasi, sugurta auditi va boshqalar) yangi yonalish va mutaxassisliklar joriy etilmoqda.

Maktabgacha talim talim yonalishi boyicha kadrlar tayyorlash (bakalavriat) tort yil emas, balki uch amalga oshiriladi. Xorij tajribasi va kadrlarga bolgan talabni qondirish maqsadida ushbu qaror qabul qilindi. Oquv rejalari va dasturlariga yangicha malaka talablari tayyorlanmoqda. Asosiy urgu bilimlarni mustaqil egallashga qaratiladi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargona filialida Tibbiy-profilaktika ishi yonalishi boyicha talabalarni qabul qilish qayta yolga qoyiladi. Yangi oquv yilida 100 nafar talaba, jumladan 10 talaba grant asosida qabul qilinadi.

Sirtqi va kechki bolimlarga qabul kvotalari bir oy ichida tayyorlanishi lozim. Ular bakalavriatga umumiy qabulning 30 foizigachasini tashkil etadi.

Qarorda OTMlar va potensial ish beruvchilar ortasidagi ozaro aloqalarni takomillashtirish kozda tutilgan. Endilikda OOMTV kadrlar buyurtmachilari bilan har yili oquv yili boshlangunga qadar OTMlarning oquv rejalari va dasturlarini korib chiqadi. Bitiruvchilar konikma va malakalaridagi kamchiliklar har chorakda kamida bir marta ish beruvchilar bilan birgalikda muhokama qilinadi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018