2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xalq taʼlimi tizimi boshqaruvi jiddiy tanqid qilindi

Tanqidiy-tahliliy oʻrganish natijalari xalq taʼlimi tizimi boshqaruvida jiddiy kamchiliklar borligini koʻrsatmoqda.

Bu haqda davlatimiz rahbarining joriy yil 5 sentyabrdagi Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi farmonida qayd etildi.

Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.

Bular:

joylarda umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, umumtaʼlim muassasalari rahbarlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini hal etish, idoraviy mansub tashkilotlarning mulkidan samarali foydalanishda xalq taʼlimi boshqaruv organlari rolining yetarli darajada emasligi;

umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga ularga xos boʻlmagan vazifalar va funksiyalarni yuklash, muassasa direktori va uning oʻrinbosarlari oʻrtasida vakolatlarning aniq taqsimlanmaganligi,ular faoliyati samaradorligini baholashning aniq mezonlari va parametrlari mavjud emasligi;

umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb masalalari va ularning natijalarini amaliyotga tatbiq etish boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlarning mavjud emasligi, oʻquv-tarbiya jarayonini uslubiy taʼminlash masalalarida xalq taʼlimi boʻlimlari va umumtaʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik darajasining pastligi;

rahbarlar, oʻqituvchilar va umumtaʼlim muassasalari boshqa xodimlarining kasbiy faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvdan himoya qilish mexanizmlarining samarasizligi, nazorat qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan maktablarni tekshirish haddan ziyod koʻpayib ketganligi;

taʼlim sifatini taʼminlash, oʻqituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumtaʼlim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, oʻquv-tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi;

xalq taʼlimi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga zamonaviy meʼmoriy yechimlar, innovatsion ishlanmalarniva axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi kabilardir.

Ayni muammolarni qonuniy yoʻl bilan bartaraf etishda mazkur farmon muhim huquqiy asos boʻlib xizmat qiladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018