2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Gazlida yangi gaz koni foydalanishga topshirildi

Mamlakat neftegaz sohasida munosib oringa ega Gazlineftgazqazibchiqarish masuliyati cheklangan jamiyati tasarrufidagi foydalanilayotgan konlar yana bittaga kopayib, ularning soni 18 taga yetdi.

Otgan yili qazilgan va bundan olti oy ilgari jihozlanishi boshlangan Shimoliy suzma koni yaqinda foydalanishga topshirildi.

Kattagina yerosti boyligi zaxirasiga ega Shimoliy suzma ning oltita qudugidan bir kecha-kunduzda 900 ming kubometr gaz qazib chiqariladi. Hademay, jihozlanishi nihoyasiga yetadigan yettinchi quduq ham ishga tushadi. Tabiiyki, gaz qazib olish miqdori yanada oshadi.

Shimoliy suzma tabiiy gazi tarkibidan ajratib olinishi shart bolgan komponentlar mavjud. Shuning uchun ham, u 32 kilometr naridagi Uchqir oltingugurtdan tozalash qurilmasi, yani boshqa zavodga uzatilmoqda.

Gazlineftgazqazibchiqarish masuliyati cheklangan jamiyati bosh muhandisi Abror Rajabovning takidlashicha, mamlakatimizda ishlab chiqilgan 2017 2021-yillarda uglevodorod xom ashyosi qazib chiqarish hajmini kopaytirish dasturiga muvofiq, Gazlida oltita investitsiya loyihasini amalga oshirish kozda tutilgan. Ulardan ikkitasi Shimoliy suzma konini ozlashtirish hamda Uchqir oltingugurtdan tozalash qurilmasidan to Gazli yerosti gaz omborigacha bolgan masofada gaz quvurini qurish loyihalari nihoyasiga yetkazildi.

Umumiy uzunligi 46,3 kilometrdan iborat yangi gaz quvuri kelajakda ishga tushiriladigan konlardan qazib olinadigan zangori olov ni uzatishga ham xizmat qiladi.

Yuqorida tilga olingan loyihalar amalga oshirilishi natijasida 20 kishi doimiy ish bilan taminlandi. Navbatda royobga chiqarilishi kozda tutilayotgan tortta loyiha yakunida esa yana 97 ish orni yaratiladi.

Shimoliy suzma koni tufayli Uchqir zavodidan tortilgan quvur orqali Gazli yerosti omboriga bir kecha-kunduzda yetkazib berilayotgan tabiiy gaz miqdori 1,5 million kubometrga kopaydi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018