2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbkiston tmir yollari aksiyadorlik jamiyati jamoasiga

Qadrli dostlar!

Hurmatlitemiryolchilar!

Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati tizimida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini, samarali mehnati bilan mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qoshib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni Ozbekiston Respublikasi temir yol transporti xodimlari kuni bayrami bilan samimiy tabriklab, sizlarga ozimning ezgu tilaklarimni va chuqur hurmatimni izhor etaman.

Oz kasbiga sadoqatli va fidoyi sizlar kabi minglab yurtdoshlarimizning sidqidildan qilayotgan mehnati, bilim va tajribasi tufayli temir yol tarmogi xodimlari el-yurtimiz ortasida haqli ravishda obro-etibor va ehtiromga sazovor bolib kelmoqda.

Takidlash joizki, mamlakatimiz temir yol tizimi mustaqil davlatimiz bilan birgalikda katta taraqqiyot yolini bosib otdi. Otgan chorak asr davomida puxta oylangan, uzoq muddatga moljallangan strategiya asosida tarmoqni har tomonlama rivojlantirish boyicha ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati tashkil etilgan kundan buyon yuk tashish hajmi 2,1 marta, yolovchi tashish hajmi 2 barobar kopaygani, temir yollar orqali 1,5 milliard tonna yuk tashilib, 370 million nafar yolovchi oz manziliga yetkazilgani sizlarning fidokorona mehnatingiz tufayli amalga oshirilgan ishlar salmogi naqadar katta ekanining yaqqol tasdigidir.

Bugungi kunda Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasida barcha soha va tarmoqlar singari temir yol tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda mamlakatimiz boyicha yuklarning 60 foizdan ziyodi, yolovchilarning esa 75 foizdan ortigi temir yol transporti orqali manzillariga yetkazilayotganini inobatga oladigan bolsak, ushbu soha iqtisodiyotimiz rivojida qanday muhim va katta mavqeni egallab turganini yanada chuqurroq his qilamiz.

Tizimdagi sanoat korxonalari davr talabiga mos texnologiyalar bilan jihozlanib, ularda zamonaviy yolovchi va yuk vagonlari ishlab chiqarilmoqda. Bu esa mamlakatimizda tobora rivojlanib borayotgan transport mashinasozligi sohasida ham temiryolchilarimiz ozining munosib ornini topganidan dalolat beradi.

Jumladan, birgina Quyuv-mexanika zavodi korxonasida harakatlanadigan tarkibni tamirlash bazasini rivojlantirish, vagonsozlikni tashkil etish va quyuv korxonasini rekonstruksiya qilishga qaratilgan katta kolamdagi loyihaning amalga oshirilishi natijasida yangi yuk vagonlari, kop tonnali konteynerlar ishlab chiqarilishini kengaytirish va yuk vagonlarini kapital tamirlash va qayta tiklash ishlarini yanada jadallashtirish imkoniyati yaratilmoqda.

Bugungi kunda Ozbekiston temir yollari transmintaqaviy transport koridorlarining eng muhim bogini sifatida xalqaro temir yollar tashuvi tizimida munosib orin egalladi. Bu borada amalga oshirilgan katta kolamdagi ishlarning barchasi iqtisodiyotimizda yuksak natijalarni qolga kiritishga asos bolmoqda. Temiryolchilarimiz tomonidan istiqlol yillarida 1500 kilometrdan ortiq yangi temir yollarning barpo etilgani, 1800 kilometrlik temir yol liniyalarining elektrlashtirilgani mamlakatimizni modernizatsiya qilishda ulkan qadam boldi.

Eng asosiysi, bu ozgarishlar xalqimiz hayotida ozining ijobiy samarasini korsatmoqda.

Etiborli jihati shundaki, bunday ishlarimiz bugungi kunda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Jumladan, hozirgi vaqtda Toshkent metropolitenining Sergeli Olmazor, Dostlik Rohat Qoyliq bozori yonalishlarida Markaziy Osiyoda yagona bolgan yer usti halqa metro liniyalarini qurish ishlari jadal suratlar bilan olib borilayotganidan jamoatchiligimiz yaxshi xabardor.

Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyatining kop millatli jamoasi temir yol transporti kommunikatsiyalarini rivojlantirish, takomillashtirish va rekonstruksiya qilish, temir yol orqali yuk va yolovchi tashish xavfsizligini taminlash borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda.

Bu borada yangi temir yollarning foydalanishga topshirilishi mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, mineral resurslar, neft va gaz, rangli metallar, qurilish materiallari va boshqa xomashyoga boy konlarni kompleks ozlashtirish, eng muhimi, ming-minglab yurtdoshlarimizni ish bilan taminlash imkonini berayotganini alohida takidlash lozim.

Ispaniyaning Talgo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori tezlikda harakatlanadigan Afrosiyob elektropoyezdlari poytaxtimizdan Samarqand, Buxoro, Qarshi kabi tarixiy shaharlarimizga qatnamoqda. Bu elektropoyezdlar qisqa muddatda xalqimiz va xorijiy mehmonlarning etibori va ishonchini qozondi.

Ozbekiston temir yollari aksiyadorlik jamiyati tomonidan transport sohasidagi xizmat korsatish darajasi va sifatini oshirish maqsadida harakatlanadigan tarkibni zamonaviy, yuqori samarali lokomotiv va qulay vagonlar bilan taminlash va modernizatsiya qilish ishlariga alohida etibor berilmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda jahon standartlari talablariga javob beradigan 16 ta yangi temir yol vokzali qurildi, 10 ta vokzal qayta qurildi va deyarli barcha stansiyalar xalqaro sifat standartlari talablari darajasidagi yuqori texnologiyalar bilan jihozlandi.

Temir yol transporti kommunikatsiyalari va infratuzilmani rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq mablag yonaltirildi, shundan 2,6 milliard dollari xorijiy investitsiyalardir.

Temiryolchilarimiz yana bir yonalish komir sanoatini texnik jihatdan qayta jihozlash, modernizatsiya qilish, kon ishlarining samaradorligini oshirish, resurslarni tejaydigan yangi, progressiv texnologiyalarni joriy etish, aholiga komir mahsulotlarini yetkazib berish ishlarida ham ozlarining yuqori salohiyatini namoyon etmoqdalar.

Sizlarning fidokorona mehnat qilib, uzogimizni yaqin qiladigan ravon yollar, Toshkent shahrida va yurtimizning boshqa hududlarida onlab zamonaviy kopriklar qurib, Vatanimiz obodligiga munosib hissa qoshayotganingiz alohida tahsinga sazovor.

Shuningdek, temir yol sohasi ishchi-xodimlarining Obod qishloq, Obod mahalla dasturlari doirasida ijtimoiy sohada, xususan, tabiiy sharoiti, iqlimi ogir hududlarga toza ichimlik suvi yetkazib berish, qishloq va mahallalarni obod qilish, xalqimiz farovonligini oshirish, arzon uy-joylar, talim-tarbiya, sogliqni saqlash muassasalari, madaniyat va sport maskanlarini barpo etish yolida olib borayotgan ezgu ishlarini mamnuniyat bilan takidlashni istardim.

Ozbekiston temir yol tarmogining kelajagi, avvalo, sohaga zamonaviy bilimga ega, ilgor texnologiyalarni puxta ozlashtirgan, oz kasbiga sodiq, Vatanimizga farzandlik mehri bilan yashaydigan yosh mutaxassis va ishchilarni keng jalb etish bilan bevosita bogliqdir.

Yurtimizdagi 3 ta temir yol kasb-hunar kolleji, akademik litsey va Toshkent temir yol muhandislari institutini har yili 3 mingdan ziyod yosh mutaxassislar tamomlab, hayotga yollanma olayotgani mamlakatimiz temir yol transportining kelgusi taraqqiyoti uchun ishonchli poydevor bolib xizmat qilmoqda.

Ayni vaqtda sizlarning oldingizda yuk va yolovchi tashish hajmini oshirish bilan bir qatorda, hududlarning iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish, boy mineral-xomashyo resurslarini kompleks ozlashtirish, yangi ish orinlarini yaratish, tarmoq korxonalari uchun mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining komir mahsulotlariga tobora osib borayotgan talabini qondirishga yonaltirilgan investitsiyaviy loyihalarni amaliyotga tatbiq etish kabi muhim va ustuvor vazifalar turibdi.

Ishonamanki, 87 ming nafardan ortiq yuqori malakali, oz kasbiga sadoqatli, fidoyi va ilgor temiryolchilar jamoasi bu vazifalarni chuqur his etgan holda ozlarining bor bilim, malaka va kuch-gayratlarini safarbar etib, zimmalaridagi burchlarini sharaf bilan ado etadilar.

Hurmatli temir yol transporti xodimlari!

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, olijanob faoliyatingizda va shaxsiy hayotingizda yutuq va omadlar, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

 

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018