2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Prezident soliq islohoti konsepsiyasini tasdiqladi

 

Prezident Ozbekistonning soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqladi. Ozgarishlar 2019-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29-iyundagi farmoni bilan Ozbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi. U keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib, soliq yukini kamaytirish va soliq solish tizimini soddalashtirish, soliq mamuriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida qabul qilindi. Hujjat loyihasi keng jamoatchilik muhokamasidan otdi.

Kopsepsiya doirasida 2019-yil 1-yanvardan quyidagi ozgarishlar joriy etiladi:

1. mehnatga haq tolash fondiga soliq yuki quyidagilar orqali kamaytiriladi:

barcha fuqarolar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligining yagona stavkasini 12 foiz miqdorida joriy etish, shundan 0,1 foizini shaxsiy jamgarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yonaltirish. Bunda, fuqarolarning ayrim toifalari uchun eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdoridagi daromadlarini soliq solishdan ozod qilishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi;

fuqarolarning mehnatga haq tolash turidagi daromadlaridan byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga ushlab qolinadigan sugurta badallarini bekor qilish;

pensiya tizimining barqarorligini taminlash maqsadida, byudjet tashkilotlari va davlat korxonalari, ustav jamgarmasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan koproq bolgan yuridik shaxslar, shuningdek, boshqa yuridik shaxsning ustav jamgarmasi (kapital)ning 50 foizi va undan koproq qismi tegishli bolgan ustav jamgarmasi (kapital)da davlat ulushi 50 foiz va undan koproq bolgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy tolov miqdori 25 foiz etib, qolgan yuridik shaxslar uchun 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan stavkada belgilash.

2. aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqlarni optimallashtirish bilan umumbelgilangan va soddalashtirilgan soliqlar tolovchilarni soliqqa tortish, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga otish mezonlari quyidagilar orqali takomillashtiriladi:

davlat maqsadli jamgarmalariga yuridik shaxslarning aylanmasidan (yalpi tushumidan) undiriladigan majburiy ajratmalar bekor qilish;

yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligi stavkasini 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun 22 foizdan 20 foizgacha pasaytirish, shuningdek, mobil aloqa xizmati korsatayotgan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) uchun, rentabellik darajasidan kelib chiqib ular uchun qoshimcha foyda soligi hisoblash tartibini bekor qilgan holda 14 foizdan 20 foizgacha oshirish;

dividendlar va foizlar korinishidagi daromadlar boyicha tolov manbaidan ushlab qolinadigan foyda soligi stavkasini 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirish;

otgan yil yakunlari boyicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard somdan oshgan (OR MB kursi 2.07.2018 da, 1$= 7846.27 som)yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga yetgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni tolashga otkazish. Bunda, yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard som etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta korib chiqiladi;

barcha tadbirkorlik subektlari, shu jumladan, aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard somgacha bolgan yuridik shaxslar uchun yuridik shaxslarning mol-mulk soligi, yer soligi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etish;

qoshimcha foyda soligini hisoblash va tolash tartibini, shu jumladan, royalti tolashni joriy etish orqali takomillashtirish;

3. soliq solishning soddalashtirilgan tartibi boyicha soliq tolovchilarga soliq siyosatini takomillashtirishning salbiy tasirini kamaytirish choralari quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasini, bino va inshootlardan, shu jumladan, ilgari xususiylashtirilgan obektlardan samarasiz foydalanayotgan yuridik shaxslar uchun yuqori stavkada soliq hisoblash tartibini saqlab qolgan holda 5 foizdan 2 foizga pasaytirish;

yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard somgacha bolgan soliq tolovchilar uchun aylanmadan (yalpi tushumdan) soliqni 4 foiz miqdordagi bazaviy stavkadan kelib chiqib hisoblash va tolash tartibini hamda ixtiyoriy ravishda qoshilgan qiymat soligini tolash imkoniyatini belgilash;

yagona yer soligi tolovchilari uchun amaldagi soliq solish tartibini saqlab qolish;

4. qoshilgan qiymat soligi va aksiz soligini hisoblash va tolash tartibi quyidagilar orqali takomillashtiriladi:

qoshilgan qiymat soligini toliq hisobga olish tizimini joriy qilish, soliq solish bazasini aniqlashtirish va imtiyozlar sonini kamaytirish, shuningdek, 2019 yil yakuni boyicha mazkur soliq stavkasini pasaytirish orqali qoshilgan qiymat soligining 20 foiz miqdordagi amaldagi stavkasini saqlab qolish;

hozirgi vaqtda sotib olinadigan asosiy vositalar, qurilishi tugallanmagan obektlar va nomoddiy aktivlar narxiga kiritiladigan qoshilgan qiymat soligini hisobga olish summalariga kiritish huquqini berish;

tegishli tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablaglarni respublika byudjetiga otkazish yoli bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning xar bir ishlab chiqariladigan mahsulot birligiga ornatilgan aksiz va yigimlarni birlashtirish.

Soliq kodeksining yangi tahriri Xalqaro valyuta jamgarmasi, Jahon banki va boshqa tashkilotlar ekspertlari jalb qilingan hamda jamoatchilik muhokamasidan otkazilgan holda ishlab chiqilishi lozim.

Hukumatga ikki oy muddatda soliq majburiyatlarini bajaruvchi soliq tolovchilar mamuriy xarajatlarining keskin oshishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash topshirildi. Soliq hisobotini soddalashtirish va uning avtomatlashtirilgan buxgalteriya hisobini yurituvchi dasturiy mahsulotlar bilan integratsiyalashuvini taminlash belgilandi.

Xuddi shu davr mobaynida yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishiga ruxsat etilgan faoliyat turlari tanqidiy korib chiqilishi va qisqartirilishi lozim.

Ikki oy muddatda yuridik shaxslar kochmas mulkining bozor qiymatini aniqlash mexanizmini ommaviy baholash boyicha ilgor xorijiy tajribani hisobga olgan holda joriy qilish rejalashtirilgan.

 

Manba: Gazeta.uz


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018