2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Tashkent City 4 yil ichida quriladi

 

Tashkent City Xalqaro biznes markazida (XBM) loyihalashtirishdan tortib, obektlarni toliq ishga tushirish jarayonini 4 yil ichida yakunlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashkent city direksiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha ikki bosqichga bolinadi: kongress xollga ega mehmonxona, turar-joy binolari va park hududini birinchi navbatda (2,5 yil) foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda, deya takidlaydi direksiya.

Kongress xoll qurilishi ustuvor vazifaga aylangan, bu yerda poydevor barpo etish ishlari olib borilmoqda. Boshqa uchastkalarda mavjud binolarni buzish jarayoni tugallanmoqda.

Shayxontohur tumani hokimligi kochiriladigan oilalarni uy-joy bilan taminlash majburiyatini oz zimmasiga oldi. Investorlar tanlangan uchastkalarda binolar va infratuzilmalarning batafsil loyihalarini ishlab chiqishmoqda.

Toshkent shahrining Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat kochalari oraligida Tashkent City xalqaro biznes markazi bunyod etilmoqda.

Bugungi kunda mazkur zamonaviy markaz qurilishi yettita lotda jadal olib borilmoqda. Hozirgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, yer osti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

Loyihani amalga oshirishga ARUP (Buyuk Britaniya, arxitektura konsepsiyasini ishlab chiquvchi), Cushman and Wakefield (AQSh, tijorat konsepsiyasini ishlab chiquvchi), SF Landscape Architecture (Italiya, landshaft konsepsiyasini ishlab chiquvchi), Prime Tower Group (Ozbekiston, bosh loyihachi) va Discover Invest (Ozbekiston, bosh pudratchi) ekspertlari jalb etilgan.

Eslatib otamiz, avvalroq Xalqaro kompaniyalar Tashkent City qurilishiga investitsiya kiritayotgani xabar qilingandi.

 

Manba: Kun.uz

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018