2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Islohotlar samarasini, dasturlar natijasini odamlar oz hayotida sezishi kerak

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yil 29-iyun kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida boldi.
Mamlakatimizning barcha xududlari kabi Olmazor tumanida ham ishlab chiqarishni rivojlantirish, zamonaviy ijtimoiy obektlar bunyod etish, mahalla va turarjoylarni obod qilish, hudud aholisi turmush sharoitini yaxshilash borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari dastlab tumandagi Ibrohim ota mahalla fuqarolar yiginida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Prezidentimiz shu yil 1 iyun kuni Chilonzor tumanidagi Xirmontepa va Tirsakobod mahallalariga tashrifi chogida Obod mahalla dasturi loyihasini shakllantirish boyicha topshiriq bergan edi. Shu asosda mahallalar qiyofasini yangilash maqsadida Obod mahalla dasturi qabul qilindi.
Ibrohim ota mahallasi ham mazkur dasturga kiritilgan.
Ushbu mahalla hududida 19 ta ikki qavatli va 4 ta tort qavatli uy joylashgan. Otgan asrning 60-yillarida kurilgan mazkur uylar bugungi kunda tamirtalab bolib qolgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari ham eskirgan.
Obod mahalla dasturiga muvofiq, mahallada barcha kop qavatli uylar, kocha va yolaklar tamirlanib, hudud obodonlashtirilmoqda. 7 ta ikki qavatli arzon uy-joy, zamonaviy maktabgacha talim muassasasi qurilmoqda. Shuningdek, namunaviy loyiha asosida mahalla guzari, kommunal tolovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi mahallalarni organish borasida boshlangan ishlar xususida toxtalar ekan, uyma-uy yurib, har bir oilaning talab-istaklarini organish, muammosi bolsa yordam berish, tadbirkorlarni jalb etib, ish orinlari yaratish zarurligini takidladi.
Bu mahalla odamlarining ham bola-chaqasi, ertangi kundan umidlari bor. Mamlakatimizdagi ozgarishlarni, qabul qilinayotgan dasturlar natijasini odamlar oz uyida sezishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Eng asosiy maqsad, odamlarni rozi qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratishdir.
Prezidentimiz mazkur mahalla faollari va aholi bilan suhbatlashdi. Aholini ish bilan taminlash, maktabgacha talim va maktab talimini rivojlantirish, yoshlarni barkamol insonlar etib tarbiyalash borasidagi islohotlar mohiyati haqida muloqot qildi. Samimiy suhbat chogida^ Obod qishloq, Obod mahalla va Yoshlar kelajagimiz dasturlari xalqimiz farovonligini yuksaltirish, yoshlarni qollab-quvvatlashda zamin bolishi takidlandi.
Shavkat Mirziyoyev otgan yilning 21 aprelida Olmazor tumaniga tashrifi davomida Toshkent oyinchoqlar fabrikasi negizida bolalar oyinchoqlari ishlab chiqarishni tashkil etish boyicha topshiriqlar bergan, bu ishga Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki masul etib tayinlangan edi.
Davlatimiz rahbari tumanga navbatdagi tashrifi doirasida ushbu korxonada bolib, bajarilgan ishlarni kozdan kechirdi. Xususan, fabrika hududidagi ishlab chiqarish maydonlaridan unumli foydalanish maqsadida, NBU Investment MChJ tomonidan tashabbuskor-investorlar bilan birgalikda 5 ta yangi korxona (Toys City, O'yinchoqlar Fabrikasi, Funny Kids World, National Products va United Nation company MChJ QK) tashkil etildi.
Ushbu korxonalarda bolalar kiyim-kechagi, turli buyumlar va oyinchoqlar ishlab chiqarish boyicha 5 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar toliq ishga tushganidan song 920 dan ortiq yangi ish orni yaratiladi.
Hozirga kelib, loyihalar doirasida zarur bino-inshootlarni qurishtamirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, imzolangan import shartnomalari boyicha asbob-uskunalarning bir qismi keltirilib, montaj qilinmoqda. Uskunalarning qolgan qismi iyul oyi davomida yetkazib beriladi.
Bugungi kunda Toys City korxonasi ishga tushirilgan bolib, 70 ga yaqin mahsulot tayyorlash yolga qoyilgan. Xom ashyoning asosiy qismi mahalliy korxonalardan olinayotgani bois mahsulotlar narxi xorijnikidan ancha arzon, sifati yuqori.
Har bir ota-ona farzandining jismonan soglom, dunyoqarashi keng, yuksak manaviy fazilatlarga ega bolib ulgayishini istaydi. Bunda oyinchoqlarning ahamiyati katta, dedi Prezidentimiz. Bu yerda tashkil etilayotgan korxonalarda ishlab chiqariladigan oyinchoqlar sifati jihatidan xorijnikidan kam bolmasligi kerak.
Shu yerda Olmazor tumanida tashkil etiladigan Davlat xizmatlari markazi binosi qurilishi loyihasining taqdimoti bolib otdi.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini davlat tomonidan qollab-quvvatlash boyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ogir ijtimoiy-maishiy sharoitlarda yashovchi oilalarning turmush darajasini yaxshilash maqsadida ularni arzon uy-joy bilan taminlash, tibbiy xizmat, maishiy texnika va uy hayvonlari xarid qilishda begaraz yordam korsatilmoqda.
Ozbekiston karlar jamiyatining Olmazor tumanida joylashgan Karsoqovlar madaniyat markazi hududida ham keng qamrovli ishlar bajarildi. Dastavval 6 gektardan iborat hudud obodonlashtirildi. Kar-soqovlar madaniyat markazi binosi tubdan tamirlandi, 450 orinli konsert zali, togarak xonalari, sport zallari zamonaviy jihozlandi.
Markaz yonida Ozbekiston karlar jamiyati sport federatsiyasining yopiq sport zali bolib, hozirgi kunda kapital tamirlash ishlari olib borilmoqda. Yangi stadion barpo etildi.
Prezidentimiz madaniyat markazi binosida yaratilgan sharoitlarni kozdan kechirdi. Jamiyat azolari bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga qaratilayotgan etibor, ularning muammolarini hal qilish boyicha korsatilayotgan gamxorliklar haqida suhbatlashdi. Kar-soqov bolalar uchun oqituvchi-mutaxassislar va surdotarjimonlar tayyorlash dolzarb masalalardan ekanini takidlab, aholining mazkur qatlami savodxonligi, tarbiyasi, ishlash, dam olish va davolanish sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan alohida qaror tayyorlash boyicha topshiriq berdi.
Shaxmat boyicha ikki karra jahon chempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo boyicha Osiyo chempionati sovrindori Davron Xidirov, yosh rejissyor Oleg Oshipkovga Toshkent shahridan uy, madaniyat markazi uchun ikkita avtobus sovga qildi.
Bilasizki, davlat xalqqa xizmat qiladi, degan tamoyilni ozimizga maqsad qilib olganmiz. Sizlar ham jamiyatimizning munosib azosisizlar. Ozbekistondagi har bir odam men uchun qadrli, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 iyundagi Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taminlashni ragbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida alohida toifadagi tadbirkorlik subektlarini qollab-quvvatlash, nogironligi bolgan shaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etishda yangi imtiyozlar berildi.
Ushbu qarorga muvofiq, Ozbekiston karlar jamiyatiga qarashli hududda 3 ta blokdan iborat sanoat zonasi tashkil etildi. Bugun ulardan birida Kokcha tekstil masuliyati cheklangan jamiyatining tikuvchilik korxonasi ish boshladi.
Korxonada karlar jamiyatining 27 azosi ish bilan taminlandi. Ularga Kokcha tekstilning malakali ishchilari tikuvchilik sirlarini orgatmoqda.
Prezidentimiz tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Amalga oshirilayotgan bunday ishlar izchil davom etishini, nogironligi bolgan shaxslar uchun ish joylari tashkil etish doimiy etiborda bolishini takidladi.
Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumanidagi 2-ichki ishlar bolimi bilan tanishdi.
Mazkur ichki ishlar bolimi Shifokorlar, Jiydali, Xislat, Beruniy, Mirza Golib va Chigatoy Oqtepa mahallalari hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boyicha faoliyat olib boradi.
Bolimda navbatchilik qismi, tergov, xukuqbuzarliklarning oldini olish, jinoyat-qidiruv, voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektorlari, xorijga chiqish-kirish va fuqarolikni rasmiylashtirish xodimi hamda mahalla profilaktika inspektori samarali ishlashi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Ichki ishlar bolimi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Navbatchilik qismiga videokuzatuv tizimi joriy etilgan bolib, hududni tunu kun nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolar xavfsizligi va osoyishtaligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hududidagi jamoat obektlariga ornatilgan intellektual kameralar qidiruvda bolgan fuqarolarning yuz tasviri, ogirlangan avtomobillar davlat raqamini mazkur navbatchilik qismiga yuboradi. Bu yerdagi videokuzatuv tizimi IIV malumotlar bazasiga ulangan bolib, shubhali shaxs haqida bolimga signal beradi.
Hududda kop qavatli uylar, oliy talim muassasalari, shifoxonalar, jome masjidlari, dehqon bozori va boshqa ijtimoiy obektlar talaygina bolib, bolim barcha joyda vaziyatni kuzatib borish, zarur hollarda zudlik bilan choralar korish, osoyishtalikni taminlash imkonini beradi.
Prezidentimiz hukuqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari bilan suhbatda aholi osoyishtaligini taminlash, jinoyatchilik va xukuqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan ekanini takidladi. Jamiyatda manaviy muhit barqarorligini asrash, yoshlar diniy oqimlarga qoshilib ketishining oldini olish, xalqimiz osoyishtaligini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurashish boyicha korsat-malar berildi.
Fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning notogri yollarga kirib ketish sabablari, jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan asosiy omillarni organuvchi, aniqlovchi, tah,lil qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Odamlarni diniy oqimlardan qaytaruvchi haqiqiy psixolog mutaxassislar yetishmaydi. Jinoyatning tagiga yetadigan, uni aniqlaydigan metodik qollanmalar bugun suv va havodek zarur, dedi davlatimiz rahbari. Bu boradagi ishlarni tizimli yolga qoyish uchun Davlat xavfsizlik xizmati huzurida din sohasida chuqur bilimli mutaxassislar tayyorlaydigan, Bosh prokuratura huzurida kriminalistika, yani jinoyatchilikning kelib chiqish sabablarini organadigan markazlar tashkil etish payti keldi.
Shu yerda davlatimiz rahbari Toshkent shahar IIBB qoriqlash, yol harakati xavfsizligi, post-patrul xizmatlariga ajratilgan avtomototransport vositalari, kochma post kabinasi namunalarini kozdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Yoshlar markazida Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi.
Olmazor tumanining yangi markazi Olmazor cityni barpo etish loyihasi taqdimoti otkazildi. Yangi Olmazor kochasi va Kichik halqa yoli ortasidagi 24 gektardan ziyod hududda barpo etiladigan ushbu mavzeda mamuriy binolar, kop qavatli uylar, zamonaviy biznes markazi, mehmonxona va xiyobon, talim va tibbiyot muassasalari qurish rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari loyihani maqulladi.
Yoshlar bilan ishlash, sanoat va turizmni rivojlantirish boyicha korsatmalar berildi. Tumandagi bosh turgan binolarni inventarizatsiyadan otkazish, xorijiy investitsiyalar va texnologiyalar olib kelish, yangi ish orinlari yaratish zarurligi takidlandi.
Toshkent shahar Yoshlar markazida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar faollari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida yigilish bolib otdi.
Tuman kopgina korsatkichlar boyicha rivojlanishdan orqada qolayotgani tanqid qilindi. Xususan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahridagi ortacha korsatkichdan 2 barobar, xizmatkorsatish kolami 3 barobar kamligi qayd etildi.
Mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish, ishlamayotgan zavodlarni tiklash, yangi korxonalar tashkil etish, tadbirkorlik va xizmat korsatishni rivojlantirish hisobidan odamlarga daromad manbai yaratish zarurligi takidlandi.
Oilalarni mustahkamlash, aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan taminlash boyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishga oid korsatmalar berildi. Xususan, toy-hashamlar, oilaviy tadbirlar va marakalarni isrofgarchiliklarsiz, ixcham qilib otkazish boyicha mahalla raislariga tavsiyalar berildi. Tumanning har bir mahallasida bittadan, jami 58 ta namunali toy otkazish va ularni televideniye va matbuotda keng targib qilish vazifasi topshirildi.
Dunyo aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil etadi. Ozbekistonda esa bu korsatkich 60 foizdan oshadi. Yoshlar davlatimizning bebaho boyligidir. Mamlakatimizda yoshlarga davlat siyosati darajasida alohida etibor qaratilib, ular uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunga javoban yoshlarimiz ham ishlab chiqarish, fan, talim, madaniyat, sanat, sport, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa sohalarda yuksak natijalarni qolga kiritmoqda.
Yigilishda yoshlar oz taklif va tashabbuslarini bildirdi. Prezidentimiz yoshlarning taklif-mulohazalarini organish va qollab-quvvatlash boyicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi. Talabalar shaharchasida qoshimcha yotoqxonalar, sport maydonchalari qurish lozimligi qayd etildi.
Eng oliy nemat bu tinchlikdir. Oila tinch bolsa jamiyat, yurt tinch boladi. Shunday ekan, tinchligimizni asrab-avaylab, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilsak, albatta natija boladi, dedi Prezidentimiz.
Mahallalarda ijtimoiy-manaviy muhit barqarorligini taminlash, yoshlarni turli yot goyalardan asrash maqsadida diniy-marifiy sohalardagi tashkiliy-amaliy, madaniy-manaviy tadbirlar, targibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshirish, jumladan, Olmazor tumanida adashganlar bolmaydi shiori ostida hamda Jaholatga qarshi marifat bilan goyasi asosida targibot tadbirlarini otkazish zarurligi takidlandi.



Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018