2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Barcha ishlarimiz tub zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassam

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-iyun kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining goyasi va tashabbusi bilan poytaxtimizda ulkan bunyodkorlik ishlari, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarida strategik ahamiyatga ega yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani aholining hayot darajasi va sifatini yuksaltirish, Toshkentni zamonaviy megapolisga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Poytaxtimiz tumanlariga bu galgi tashrif davomida ham asosiy etibor ana shu yoldagi dolzarb reja va loyihalar ijrosiga qaratildi.

Prezidentimiz dastlab Toshkent-Sharqiy aerodromi bazasida barpo etilayotgan ishbilarmonlik aeroporti qurilish uchastkasiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari 2017-yil 2-dekabr kuni mazkur loyiha bilan tanishib, biznes-aviatsiyani tashkil etish va bunday turdagi barcha xizmatlarni korsatishga qodir zamonaviy infratuzilmani barpo etish borasida korsatmalar bergan edi.

Ishbilarmonlik aeroporti Markaziy Osiyo mintaqasida mutlaqo yangi tizim bolib, yakka tartibdagi va korporativ parvozlarga ixtisoslashadi. Loyiha mamlakatimiz transport va tranzit imkoniyatlarini yanada oshirishda muhim orin tutadi. Ayni paytda oliy darajadagi mehmonlar, xorijiy delegatsiyalar, ishbilarmonlar, sayyohlarga sifatli xizmat korsatadi.

Hozirgi vaqtda eski uchish-qonish yolagi orniga 4 kilometrlik zamonaviy yolak qurilmoqda. Soatiga 250 yolovchini otkazish imkoniyatiga ega terminal barpo etish, keyingi bosqichda qoshimcha infratuzilma obyektlari, mehmonxona majmuasi qurish rejalashtirilgan.

Shu kunga qadar bu yerda qariyb 20 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. Qurilish-montaj ishlariga 100 dan ortiq maxsus texnika jalb etilgan.

Aerodrom hududida bir vaqtning ozida 20 ta samolyotga xizmat korsatadigan perron quriladi. Shuningdek, qoriqlash, aloqa va xavfsizlik punktlari bunyod etilishi kozda tutilmoqda. Loyiha doirasida havo laynerlariga texnik xizmat korsatish markazi, samolyot va vertolyotlarni saqlash uchun zamonaviy angar, yongin xavfsizligi deposi quriladi. Shu bilan birga, dispetcherlik markazi va yolovchilar uchun ovqatlanish binosi barpo etiladi.

Loyihaning birinchi bosqichi 2020-yilda yakunlanishi belgilangan.

Biznes-aeroportda xorijiy ishbilarmonlarga har tomonlama maqul boladigan xizmatlarni yolga qoyish uchun loyihasi mukammal bolishi kerak. Samolyotdan tushgan odam xalqimizning nechogli bagrikeng va mehmondost ekanini his etishi kerak. Shu bois zamonaviy loyiha instituti tashkil etib, Yaponiya, Germaniya kabi mamlakatlardan malakali mutaxassislarni ishga jalb etish lozim. Ana shunday qilsak, bu aeroport xalqimizga, farzandlarimizga kop yillar xizmat qiladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz poytaxtimizning Maxtumquli va Ohangaron kochalari kesishmasida barpo etilayotgan uch qavatli zamonaviy koprik loyihasini kozdan kechirdi.

Eng gavjum chorrahalardan biri bolgan mazkur hududda uch qavatli yangi koprik qurilishi tirbandlikni kamaytirib, haydovchi va yolovchilar xavfsizligini taminlaydi.

Koprikning Parkent kochasidan Ohangaron shossesiga otuvchi qismida uzunligi 500 metrdan ziyod tunel quriladi. Ikkinchi bosqichda Qorasuv dahasidan Maxtumquli kochasiga chiquvchi yolning mazkur tunel ustidan otgan qismida aylanma koprik bunyod etiladi. Ikkala koprik ustidan otuvchi uchinchi qavat Maxtumquli va Temur Malik kochalarini tutashtiradi. Shuningdek, Toshkent mexanika zavodida tamirlangan samolyotlarni ishbilarmonlik aeroportiga olib borish uchun yol otkazgich barpo etish rejalashtirilgan.

Takidlash joizki, shu choqqacha yurtimizda uch qavat koprik qurilmagan edi. Endilikda Ozbekiston estakada bunyod etish tajribasini ham ozlashtirmoqda.

Qurilish ishlarini 2019-yil avgust oyida toliq yakunlash rejalashtirilmoqda.

Bu koprik kelgusida Toshkent shahrining oziga xos tashrif qogozi boladi, dedi Prezidentimiz. Ozbekiston uchun yangilik bolgan ushbu mahobatli inshoot Chorvoq va Chimyon hududini rivojlantirishga zamin yaratadi. Koprik qurilishi jarayonida avtomobillar harakati toxtatilmaydi.

Yangi transport boglamasi Toshkent shahridan Chorvoq hududiga boruvchi yolni 22 kilometrga qisqartirmoqda. Ayni paytda poytaxt aholisi va xorijlik sayyohlarning Chorvoq hamda Chimyon hududiga tez va oson yetib olishi uchun Chirchiq daryosi ustidan koprik bunyod etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev yangi koprikni zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli bunyod etish, kommunikatsiya tarmoqlarini joylashtirish yuzasidan zarur korsatmalar berdi.

Asosiysi, yoz jaziramasida bu yerda qurilish ishlari transport qatnoviga noqulaylik tugdirmasligi zarur. Buni hozirdan oylab puxta yechim topish, qurilishni 3 smenada tashkil etish lozim, dedi Prezidentimiz.

Shu yerda davlatimiz rahbariga Toshkent yerusti halqa metro liniyasini qurish boyicha amalga oshirilayotgan ishlar togrisida malumot berildi.

Davlatimiz rahbari Chilonzor tumanining Afrosiyob va Beshyogoch kochalari kesishuvidagi hududda barpo etilayotgan kop tarmoqli Humo Arena muz saroyi qurilishini kozdan kechirdi.

Ushbu majmua dizaynida zamonaviy qurilish yechimlari va ilgor texnologiyalar milliy madaniyat elementlari bilan uygunlashib ketgan. Majmua kokda parvoz etayotgan baxt va hurlik ramzi Humo qushi shaklida barpo etilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 3-fevral kuni Humo Arena loyihasi bilan tanishib, bu kabi zamonaviy sport inshootlarining barkamol avlod tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida etibor qaratgan, mutasaddi rahbarlarga qurilishni yuqori sifat bilan amalga oshirish boyicha zarur korsatmalar bergan edi.

Inshoot ikki qismdan iborat bolib, unda asosiy va mashq muz arenalari joy oladi. Umumiy maydoni 82 ming 250 kvadrat metrdan iborat 6 qavatli inshootning eng baland nuqtasi 40 metrni tashkil etadi.

Mobil orindiqlar bilan jihozlanadigan saroyda xokkey oyinlarini 12 ming 500, boshqa sport musobaqalarini 14 ming, turli konsert va dam olish dasturlarini 10 ming tomoshabin kuzatish imkoniga ega boladi. Dam olish maskani va ijtimoiy markaz sifatida barpo etilayotgan muz saroyida turli tadbirlarni otkazish mumkin boladi. Xususan, arenada xalqaro xokkey oyinlari, kyorling, figurali uchish, short-trek boyicha musobaqalar, basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo, qilichbozlik bahslarini otkazish imkoniyati yaratiladi. Bundan tashqari, majmuada umumxalq bayramlari, konsertlar, korgazma va forumlar tashkil etish mumkin.

Majmuada muhandislik tarmoqlari, yonginni ochirish, sovutish tizimlari, yoritish, ventilyatsiya, issiqlik manbai toliq avtomatlashtirilgan holda, tejamkor texnologiyalar qollaniladi. Uning yonida 1 ming 375 avtomobilga moljallangan 5 qavatli avtoturargoh qurilmoqda.

Prezidentimiz ushbu majmuada shugullanadigan xokkey, figurali uchish va boshqa sport turlari boyicha jamoalarni hozirdan shakllantirish, bu yerda yirik xalqaro musobaqalarni tashkillashtirish masalasini organib chiqish lozimligini takidladi.

Mazkur majmuani yil oxiriga qadar foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda Toshkent shahri markazi ulkan qurilish maydoniga aylangan. 80 gektar hududda barpo etilayotgan Toshkent City xalqaro ishbilarmonlik markaziga nafaqat yurtimiz tadbirkorlari, balki xorijlik investorlar ham qiziqish bildirmoqda.

Prezidentimizning mazkur hududga tashrifi va qurilish ishlari bilan tanishuvi chogida bu haqda alohida soz yuritildi.

Hozirgi kunda mazkur zamonaviy markaz hududi 7 qismga bolinib, qurilish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytgacha 42 ming kub metr tuproq ishlari bajarilgan, Kongress xoll va besh yulduzli mehmonxonaning yerosti monolit qoplamalarini mustahkamlash yakunlangan.

Davlatimiz rahbari Toshkent City qurilish jarayonini kozdan kechirdi. Quruvchi-muhandislar, xorijlik mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

Bugunga qadar Toshkent City mamuriyati tomonidan Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya kompaniyalari bilan zamonaviy turar joylar, ofis va savdo majmualari, talim muassasalari, 2 ta 20 qavatli savdo-kongilochar markaz, 40 qavatli multifunksional bino va inshootlar qurilishiga investitsiya kiritish boyicha loyihalar imzolandi.

Prezidentimiz mehmonxona va Kongress-xollning ichki dizayni, kirish qismlari hamda nufuzli xalqaro anjumanlarni otkazishga moljallangan zallar interyerlari loyihasi bilan tanishib, ularni milliy uslubda bezash va jihozlash yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Poytaxtimizda yol harakati xavfsizligini taminlash, tirbandlikning oldini olish maqsadida koplab koprik va yol otkazgichlar bunyod etilmoqda. Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Choponota kochalari kesishmasida qurilayotgan zamonaviy yol otkazgich shulardan biridir.

Yangi koprikning umumiy uzunligi 676 metr, shundan estakada qismi 488,5 metr bolib, balandligi 8 metr, kengligi 24,5 metrga teng. Transportlar 6 qatorda harakatlanadi. Shuningdek, 124 metrlik ikkita piyodalar otish koprigi ham qurilayapti. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratish maqsadida ularda maxsus lift, eskalator ornatish kozda tutilgan.

Davlatimiz rahbari bu yerda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar bilan muloqot qildi.

Yangi kopriklar sifatli, juda puxta bolishi kerak. Buning uchun oz ishimizga fidoyilik bilan yondashib, kopriksozlik boyicha ilgor xorij tajribasini organib borishimiz zarur, dedi Prezidentimiz.

Yangi inshootni loyihalashtirishda yoritish tizimiga ham alohida etibor qaratilgan. Unga kora, koprikka jahon standartlariga tola javob beradigan energiya tejamkor jihozlar ornatiladi. Qurilishda Germaniyadan keltirilgan zamonaviy texnikadan foydalanilayotgani ish unumdorligini oshirmoqda. Bugungi kungacha 256 ta tosindan 234 tasi ornatilgan, 276 ta prizmatik qoziqning barchasi qoqilgan, shuningdek, piyodalar otish yolagidagi tayanch ustunlar toliq ornatilgan.

Shu yerda yangi kopriklar qurish, mavjudlarini tamirlash va ekspluatatsiya qilish borasidagi ishlar taqdimoti otkazildi. Toshkent shahrida yana on beshta joyda yol otkazgichlar qurilishi malum qilindi.

Davlatimiz rahbari kopriklarni saqlash, tamirlash va ekspluatatsiya qilish masalasi ham goyat dolzarb ekanini qayd etdi. Soha uchun maxsus mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan kollejlar tashkil etish boyicha topshiriqlar berdi.

Yurtimizda aholining turmush farovonligini oshirish, odamlarimiz uchun zamonaviy shart-sharoit yaratishga alohida etibor qaratilmoqda. Bu borada bir qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, Obod qishloq dasturi amalga oshirilmoqda. Endi shaharlar uchun Obod mahalla dasturi ishlab chiqilmoqda.

Chilonzor tumanidagi Xirmontepa mahallasi tajriba tariqasida ushbu konsepsiya asosida obod qilinmoqda. Hududda joylashgan 24 ta kop qavatli uy tamirlandi. Mahalla idorasi xodimlari, profilaktika inspektorlari uchun bino, kommunal tolovlar shoxobchasi, bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda.

Prezidentimiz shu yerda mahalla faollari, kop qavatli uylarda yashovchi aholi va bolalar bilan suhbatlashdi, ularning oy-tashvishlari bilan qiziqdi.

Har bir mahallani Jizzaxdagi Manasga oxshatib obod qilishimiz kerak. Barcha ishlarimiz tub zamirida xalqimizni rozi qilish maqsadi mujassam. Buning uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz, dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi Tirsakobod mahallasida ham bolib, bu yerda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tirsakobod mahalla fuqarolar yigini hududida 9 kop qavatli uy va 864 hovli mavjud. Bu yerda yashayotgan 5 ming 200 dan ortiq aholi orasida turli millat vakillari bor.

Mahallada Prezidentimizning 2017-yil 3-fevraldagi Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni asosida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sherobod building masuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda mahalla markazida choyxona, novvoyxona, gozallik saloni, dokonlar, sport va bolalar maydonchalarining zamonaviy qiyofada qad rostlashi mahalla ahli va unga yondosh hudud aholisi uchun ayni muddao bolmoqda.

Bu yerda Obod mahalla loyihasi asosida mahalla raisi, kotibi, maslahatchilar, profilaktika inspektori, nuroniylar uchun xonalar, kutubxona, majlislar zali, bolalar maydonchasi, yoshlar uchun sport inshootlari, favvoralar qurilishi, orindiqlar, soyabonlar, tungi yoritgich moslamalari ornatish kabi ishlar jadal ketmoqda.

Davlatimiz rahbari mahalla faollari bilan muloqotda boldi.

Poytaxtimiz va mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy mahalla markazlari bunyod etish, aholi bilan doimiy muloqot qilish, uning farovonligi va tinchligini taminlash boyicha mutasaddilarga korsatmalar berdi.

Shu kuniPrezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahri va tumanlari hokimlari, mutasaddi rahbarlar ishtirokida yigilish otkazildi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda otgan yigilishda poytaxtimizda sanoat va kichik biznesni rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, muhandislik kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash boyicha dolzarb chora-tadbirlar belgilab berildi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018