2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Odamlarning ogirini yengil qilish, barchasohalarda adolatni taminlash asosiy vazifamiz

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2-3 may kunlari Namangan viloyatida boldi.

Davlatimiz rahbari tashrifning ikkinchi kuni Toraqorgon tumanidagi Ishoqxon Tora Ibrat memorial majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Ozbekiston zamini dunyo tamadduni va ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qoshgan ulug allomalar, aziz-avliyolar yurti sifatida shuhrat qozongan. Ajdodlarimiz bebaho merosini ilmiy asosda chuqur organish, qadamjolarini obod maskanga aylantirish doimiy etiborda.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 2-noyabr kuni Namangan viloyati saylovchilari bilan uchrashuvda Ishoqxon Ibrat bogi va yodgorlik majmuasini barpo qilish, Ibrat maktabini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi.

Qayd etish joizki, XIX asrda Toraqorgon zaminida tugilib osgan Ibrat arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan. Qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini organgan. Serqirra ijodkor sifatida Lugati sitta al-sina (Olti tilli lugat), Jome ul-xutut (Xatlar majmui), Tarixi Fargona, Tarixi madaniyat , Mezon uz-zamon (Zamon tarozusi), Sanati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy kabi ondan ortiq tilshunoslikka oid, ilmiy-tarixiy hamda marifiy asarlar yaratgan. Ibrat domla 1886 yildayoq eski maktablarga nisbatan birmuncha ilgor bolgan maktab ochgan. 1907-yilda esa yangi usuli savtiya maktabini tashkil etib, qishloq bolalarini oqitgan.

Ibrat olkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida 1908-yil Orenburg shahridan litografik mashina xarid qilib, uni Orenburgdan Qoqongacha poyezdda, Qoqondan Toraqorgonga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va oz hovlisida Ishoqiya bosmaxonasini tashkil qilgan. Bu bosmaxona otgan asrning 60-yillarigacha faoliyat korsatib kelgan va u yerda turli ilmiy-marifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan, ularni tarqatish uchun Fargona vodiysi boylab onlab kitob dokonlari tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari otgan yil iyul oyida Namangan viloyatiga tashrifi doirasida ushbu kompleksda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan, uni mazmun jihatidan takomillashtirish, til orgatish boyicha maxsus maktabni Namangan davlat universiteti qoshida tashkil etish, bu yerda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti hamda Ozbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda xorijiy tillarni chuqurlashtirilgan tarzda orgatish zarurligini takidlagan edi. Oqituvchi va oquvchilarga zarur sharoitlar yaratish, majmua atrofini obodonlashtirish boyicha korsatmalar bergan edi.

Otgan vaqt mobaynida ikki gektardan ziyod maydonni egallagan memorial majmuada keng kolamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Loyiha qiymati 13 milliard somdan ziyod majmua bog-xiyobon, uning ortasida Ishoqxon tora Ibrat haykali, milliy uslubdagi ayvon, bosmaxona, musiqali favvora, chet tillarni oqitishga ixtisoslashtirilgan 400 orinli maktab-internat va tarixiy-memoriy obidada barpo etilgan muzeyni oz ichiga oladi (OR MB kursi 04.05.2018 da, 1$= 8068.20 som).

Prezidentimiz Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatda boldi, oqituvchi va oquvchilar bilan suhbatlashdi.

Ibrat domlaning el-yurtimiz taraqqiyoti yolidagi fidokorona xizmatlari nafaqat oz davrida, balki bugungi kunda ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bolib qolmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yoshlarimiz shunga munosib, yurt koriga yaraydigan insonlar bolib voyaga yetishi kerak. Bu maktabga nafaqat Namangan viloyati, balki mamlakatimizning barcha hududlaridan eng iqtidorli yoshlar oqishga qabul qilinadi.

Xorijiy tillar boyicha ilmiy ishlar qilish, til orgatish metodologiyasini takomillashtirish, maktab-internatda darslarni shu asosda olib borish kerakligi qayd etildi.

Prezidentimiz Ibrat maktabini alo baholarga bitirgan ogil-qizlarni oliy oquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida oqitish boyicha topshiriq berdi.

Shavkat Mirziyoyev majmuaga uygun tarzda Kosonsoy soyining ikki qirgogida bunyod etilgan xiyobonni kozdan kechirdi. Bu yerda qurilayotgan uy-joylar, savdo shoxobchalari, kongilochar maskanlar, sayr yolaklari va boshqa infratuzilma obyektlari qurilishini yanada takomillashtirish boyicha tavsiyalar berdi.

Ishoqxon Ibrat muzeyi bilan tanishuv asnosida Prezidentimiz viloyat ziyolilari, nuroniylar bilan muloqot qildi. Ular davlatimiz rahbariga buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish masalasiga alohida etibor qaratayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi.

Mamlakatimizda maktabgacha talim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalarni maktabga tayyorlashga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Davlatimiz rahbari hududlarga tashrifi chogida shunday muassasalar faoliyati bilan tanishmoqda. Bu bejiz emas. Mutaxassislar fikricha, oquvchilarning fanlarni qanchalik puxta ozlashtirishi bogchada olgan bilimiga bogliq.

Bu borada Namangan viloyatida ham keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz korsatmalari asosida Toraqorgon tumani Yangiobod mahalla fuqarolar yigini hududida 2 milliard 250 million som evaziga 10-maktabgacha talim muassasasi barpo etildi. Ishoqxon Ibrat majmuasi yonida joylashgan ushbu bogchada bolajonlar talim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Joriy yilda bogchaga 200 bolani qabul qilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbariga bogchada otkazilayotgan mashgulotlar jarayoni, yaratilgan sharoitlar haqida malumot berildi.

Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazida boldi. Markazga Karbonam MCHJ tasarrufidagi foydalanilmay turgan tort qavatli bino ajratilgan. 15 milliard somdan ziyod mablag evaziga rekonstruksiya va jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Markazda elektron navbat tizimi joriy etilgan bolib, kuniga 800 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarga 50 dan ziyod davlat xizmatlari korsatiladi. Bu yerda Xalq qabulxonasi, notarial idora, FHDYO, pasport bolimlari, sugurta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmatlari, bank shoxobchasi joylashgan. Tez tibbiy yordam xizmati, bolalar maydonchasi, kafe tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari markazdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi, haydovchilik guvohnomasini berish jarayonini bevosita kuzatdi. Ushbu guvohnomalarga mikrochip ornatilgan bolib, shaxsning pasport malumotlari kiritiladi. Pasport bolmaganda shaxsni tasdiqlovchi hujjat orniga otadi.

Biz bu xizmatni nima uchun tashkil qildik? Adolat buzilmasligi, korrupsiya bolmasligi, odamlar qiynalmasligi uchun, dedi Prezidentimiz. Ushbu muassasa davlat xizmatlari markazlari faoliyatini tashkil etishning Namangan tajribasi, odamlar bilan muloqotning yangi namunasi boladi. Eng katta yutugimiz bunday idoralarda endi fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi.

Muassasaning uchinchi qavatida Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bolimi hamda Namangan innovatsiya markazi faoliyat korsatmoqda.

Prezidentimiz xotin-qizlarni oylantirayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning manfaatlarini taminlash borasida Respublika Xotin-qizlar qomitasi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oldida turgan masalalarga etibor qaratdi. Viloyatning har bir tumani kesimida oilalarning ijtimoiy ahvolini organish va ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish, xotin-qizlar bandligi, tibbiy madaniyati boyicha tahlillar olib borish zarurligini takidladi.

Xotin-qizlar qomitalari vakillari endi yigilishma-yigilish yurmaydi, oz uchastkasidagi ayollar muammolari bilan shugullanadi. Bu sohadagi eng katta illat xotin-qizlar qomitalari oz ortidan hech kimni ergashtirolmaydi. Bunga barham berilsagina jamiyatimizda manaviy muhit ozgaradi, xotin-qizlar muammolari kamayadi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xotin-qizlar ishsizligining oldini olish, korsatilayotgan tibbiy xizmatni, uy-joy sharoitini yaxshilash, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.

Davlatimiz rahbari tashrifidan song Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Namangan shahar va 11 tuman bolimiga Spark avtomobillari topshirildi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-sentyabrdagi Namangan shahrida zamonaviy madaniyat va istirohat bogini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida ulkan istirohat bogi barpo etilmoqda. Mazkur majmuaning tamal toshi Prezidentimizning otgan yil Namangan viloyatiga tashrifi chogida qoyilgan edi.

Namangan istiqlol bogini tashkil etish loyihasida mahalliy aholi va viloyat mehmonlari, xususan, yoshlarning bosh vaqtini mazmunli otkazishga xizmat qiladigan infratuzilma obyektlari kozda tutilgan. 110 gektar maydonni qamrab olgan bogda ochiq va yopiq suzish havzasi, mini-stadion, muz saroyi, tort yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo majmualari, kutubxona, internet kafe, bouling va fitnes klublari, kop qavatli zamonaviy avtoturargoh, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark joylashadi. Oziga xos landshaftga ega hududga noyob manzarali daraxt va gullar ekilib, botanika bogi yaratiladi.

Turkiyaning DOME+PARTNERS kompaniyasi loyihasi asosida qurilayotgan majmuaning umumiy qiymati 12 million dollar va 116 milliard somni tashkil etadi. 2019-yilda foydalanishga topshirilishi kozda tutilgan bogda 1 ming 500 ga yaqin ish orni yaratiladi. U yiliga 100 ming kishiga xizmat korsatadi.

Ayni paytda bu yerda keng qamrovli bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.

Davlatimiz rahbariga madaniyat va istirohat bogida qurilishi rejalashtirilayotgan On bir Ahmad masjidi, Guliston dahasida bunyod etilishi moljallangan Namangan City, Pop tumanidagi zamonaviy savdo majmuasi va Pop eco park, Namangan shahar kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish va kengaytirish kabi loyihalar haqida ham malumot berildi.

Prezidentimiz nafaqat viloyat, balki mamlakatimizda qiyosi yoq boladigan mazkur majmuani sifatli barpo etish boyicha zarur tavsiyalar berdi. Boqqa Afsona Land nomini berishni taklif etdi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga safari nihoyasiga yetdi. Tashrif davomida yutuqlar bilan birga, qator kamchiliklar ham mavjudligi qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bu odamlarning ogirini yengil qilish, har bir sohada adolatni taminlash, hududlarni izchil rivojlantirishda muhim omil boladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018