2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ibn Sino tugilgan qishloqda noyob majmua bunyod etiladi

Buxoro viloyatining Peshku tumanida buyuk ajdodimiz Abu Ali ibn Sino tugilgan Afshona qishlogida yirik majmua barpo etiladi.

Prezidentimizning joriy yil 3 fevraldagi Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi farmoni hamda 2017 yil 19 maydagi 2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ijrosi doirasida jahon ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qoshgan buyuk allomaning boy merosini namoyish etish, odamlarni soglom turmush tarziga undash, hududga sayyohlar oqimini kopaytirishga xizmat qiladigan yirik obyekt barpo etish kozda tutilgan.

Umumiy maydoni 5 gektardan iborat majmuadagi har bir obyekt oziga xos boladi. Ayniqsa, kattagina orin egallaydigan Xalq tabobati markazida bugli effektga ega tosh hammom, oyoq kasalliklariga qarshi yaxshi naf beradigan sandal, zuluk olish, uqalash xizmatlari tashkil etiladi. Shifobaxsh giyohlarga toyingan chorva mollari sutidan qatiq, qaymoq va meva-sabzavot sharbatlari, shuningdek, giyoh va dukkakli don damlamalari tayyorlanadi. Bemorlar asal, tuz, osimlik moyi bilan muolaja olib, toza havoda sayr qiladi.

Hududda barpo qilinadigan ekobog ham mehmonlar etiborini tortishi shubhasiz. Bu yerda Abu Ali ibn Sino tomonidan xususiyatlari alohida tariflangan orik, yongoq, anjir, jiyda kabi mevali daraxtlar hamda xushboy gullar parvarish qilinadi. Bog hududida ot va tuyalarda sayr qilish imkoniyati yaratiladi. Negaki, bu jonivorlarni minib sayr qilish salomatlik uchun foydali.

Majmuada buyuk hakimning ilmiy asarlari, qolyozmalari, qollanma va risolalari burchagi tashkil etiladi. Dorivor giyohlar savdosi yolga qoyiladi.

Majmuaga tashrif buyuruvchilar oqimi kopayishi bilan boshqa qulayliklar ham yaratiladi. Masalan, kamida 100 orinli tort yulduzli mehmonxona quriladi. Badminton, stol tennisi maydonchalari mehmonlar xizmatida boladi. Yana bir muhim jihati, Afshonaga keluvchilar uchun arzon va qulay avia, temiryol hamda avtobus qatnovlari yolga qoyiladi. Ayni paytda majmuaga eltuvchi yollar, jumladan, qoshni Vobkent tumani orqali boriladigan yollar tamirlanadi. Bu boradagi bunyodkorlik ishlariga joriy yil sentyabr oyidan kirishiladi.

Majmuada Abu Ali ibn Sinoning hayoti, ijodi va faoliyatini targib qilish maqsadida olimlar ishtirokida seminarlar, uchrashuvlar va davra suhbatlari otkaziladi, deydi Peshku tumani hokimining investitsiya va turizm masalalari boyicha orinbosari Shohrux Omonov. Shuningdek, yurtimizdagi tibbiyot muassasalari xodimlarining majmua va uning yaqinidagi buyuk hakim memorial muzeyiga sayohati yolga qoyiladi. Bu yerda tibbiyot kollejlari bitiruvchilarining Abu Ali ibn Sino qasamyodini qabul qilish marosimi ananaviy maqomga ega boladi. Tibbiyot yonalishidagi oliy oquv yurtlari talabalari va kollejlar oquvchilari ortasida tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino izdoshlari respublika korik-tanlovi goliblari ham ushbu majmuada taqdirlanadi.

Yaqinda Buxoro viloyati hokimligida Afshonada barpo etiladigan majmua qurilishiga oid rejalar taqdimoti bolib otdi. Unda Turkiya Respublikasining Medifemo Assistance kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Mazkur kompaniya tasischiligida tashkil etilgan Alke group companies kompaniyasining 51 million AQSH dollari miqdoridagi mablagi hisobidan Afshona qishlogida Abu Ali ibn Sino merosi majmuasi barpo etiladi. Bu borada Peshku tumani hokimligi va Alke group companies kompaniyasi ortasida memorandum imzolandi. Milliy memorchilik anana va uslublari, iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda tayyorlanayotgan majmua loyihasini ishlab chiqish yakunlanmoqda.

Majmua qurilishi joriy yil kuzida boshlanib, 2019 yil avgust oyida nihoyasiga yetkazilishi moljallangan.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018