2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Har bir tarmoq va hududda ijro intizominimustahkamlash, rahbarlarning masuliyati va faoliyat samaradorligini oshirish eng muhim vazifa

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yilning 29-may kuni eksport-import, mahalliy byudjetga qoshimcha tushumlarni taminlash, qishloq xojaligida goza parvarishi, galla orimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalanish kabi muhim tadbirlarni samarali otkazish bilan bogliq bugungi kunda goyat dolzarb bolib turgan masalalarga bagishlangan videoselektor yigilishi bolib otdi.

Yigilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, Bosh vazir va uning orinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar mutasaddilari, videoselektor orqali Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishda qishloq xojaligi sohasining orni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mazkur tarmoqda 3,6 milliondan ziyod kishi mehnat qilmoqda, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi izchil oshib bormoqda.

Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasida qishloq xojaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilanib, bu borada aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish kozda tutilgan. Hech shubhasiz, bularning barchasi pirovardida xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish, qishloq joylarga sanoatning jadal kirib borishi va yangi ish orinlari ochish uchun agrar sektor imkoniyatlaridan samarali foydalanish borasida keng imkoniyat yaratadi.

Otgan bir yarim yil mobaynida eksportni ragbatlantirish va buning uchun zarur qulaylik va imtiyozlar yaratish boyicha qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi doirasida joriy etilayotgan yangiliklar, tarmoqlar hamda hududlardagi mavjud eksport salohiyatini toliq ishga solish boyicha korilayotgan amaliy choralar natijasida eksport hajmi oshmoqda. Jumladan, joriy yilning 25 mayiga qadar 4 milliard 576 million dollar hajmida eksport amalga oshirilgan. Shu oyning oxirigacha belgilangan prognoz korsatkichlari bajariladi. 2017-yilning 5 oyiga solishtirganda, eksport hajmi qariyb 21 foizga osishi kutilmoqda.

Shuningdek, birinchi yarim yillikda 5 milliard 886 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz korsatkichlari 100,9 foizga bajarilishi va 2017-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 25 foiz osishga erishish moljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari yigilish ishtirokchilari etiborini ana shunday ijobiy natijalarga qaratar ekan, ayni vaqtda ular mavjud imkoniyat va salohiyatga nisbatan ancha pastligini takidladi. Ayrim tarmoq va hududlar rahbarlari bu borada oz masuliyatini yetarli darajada his etmayotgani, bu esa eksport hajmini kopaytirish boyicha rezervlar toliq ishga solinmasligiga sabab bolayotgani korsatib otildi.

Yigilish kun tartibidagi masalalar Vazirlar Mahkamasi komplekslari boyicha atroflicha tanqidiy tahlil qilinib, bu borada amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilab olindi. Chetga mahsulot va xizmatlarni eksport qilish boyicha joriy yilning otgan davrida belgilangan rejalarni bajarmagan respublika tashkilot va korxonalari, hududlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilish, qoloqlikning sabab va oqibatlarini aniqlab, ularni tezda bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriq va korsatmalar berildi.

Selektor yigilishida mamlakatimizda importni optimallashtirish ishlari mutlaqo qoniqarsiz ahvolda ekani qayd etildi. Joriy yilning 4 oyi mobaynida mamlakatimiz boyicha tovarlar importi 4 milliard 858 million dollarni tashkil etib, 2017-yilning shu davriga nisbatan 1 milliard 111 million dollarga yoki 30 foizga oshgan. Bunday holatga sabab bolgan omillar asosan import tarkibini organish va importni optimallashtirish boyicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani, yanvar-aprel oylarida komplekslar tarkibiga kiradigan korxonalar tomonidan yurtimizda ishlab chiqarish ozlashtirilgan tovarlarni xarid qilish orniga, chetdan shu turdagi 89 million dollarlik mahsulot import qilingani bilan bogliq ekani aytib otildi.

Ana shunday kamchiliklarni oz vaqtida bartaraf etish va oldini olish yuzasidan masul shaxslarga aniq korsatma va topshiriqlar berildi.

Yigilishda bu yil mamlakatimizda yogingarchilik nisbatan kam bolgani, oqibatda aksariyat hududlarda suv tanqisligi yuzaga kelgani, bunday holat suvdan unumli foydalanishni taqozo etishi alohida takidlandi.

Shu maqsadda sholi ekiladigan maydonlarni 162 ming gektardan 94 ming gektarga qisqartirish, suv taminotida muammo bolmagan Sirdaryo viloyatidagi 7,5 ming gektar yerni Xorazm viloyati fermerlariga, Jizzax viloyatidagi 5,5 ming gektar yerni Qoraqalpogiston fermerlariga takroriy ekin sifatida sholi ekish uchun berish zarurligi qayd etildi.

Suv tanqisligi kutilayotgan Qashqadaryo viloyatida takroriy ekin maydonlari 30 ming gektarga, Samarqand viloyatida 42 ming gektarga, Buxoro viloyatida 20 ming gektarga, Navoiy viloyatida 14 ming gektarga va Qoraqalpogistonda 10 ming gektarga kamaytirilishi malum qilindi. Ushbu hududlarda suvni kam talab etadigan mosh, loviya va boshqa ozuqabop ekinlar ekish, ularni suv manbalariga yaqin yer maydonlariga joylashtirish kerakligiga etibor qaratildi. Ana shu ishlarni oz vaqtida, samarali tashkil etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Videoselektor yigilishida yurtimizda bu yil bahorning salqin va quruq kelishi paxta yetishtirishda jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani, natijada otgan yilning shu davriga nisbatan goza rivojlanishi ancha orqada qolayotgani, bu esa uning parvarishiga jiddiy etibor qaratishni taqozo etishi haqida ham atroflicha fikr yuritildi. Ayniqsa, bunday ogir sharoitda kultivatorlardan yuqori darajada samarali foydalanish, tuproqni chuqur yumshatish, mayda chopiq qilish, qishloq xojaligi zararkunandalariga qarshi kurashish va nazorat ishlariga ota masuliyat bilan yondashishni talab etishi qayd etildi.

Shuningdek, bu yil paxta yetishtirishni moliyalashtirish boyicha mutlaqo yangi tizim yaratish, agrotexnik tadbirlarni vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun texnik vositalar tayyorligini hamda ularni muntazam ravishda dizel yoqilgisi bilan taminlash ishlarini tashkil etish yuzasidan tegishli vazirlik, idora va hududlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Yigilishda mamlakatimizda 1-iyundan 1-iyulgacha Gozada kafolatli hosil yaratish zarbdor oyligi elon qilinishi boyicha kelishib olindi. Katta mehnat va xarajat bilan yetishtirilgan hosilni tola saqlab qolish maqsadida fermer xojaliklari rahbarlari va ishchilari qishloq xojaligi xodimlari va mutasaddilarining suvchi va mexanizatorlar, agrar soha olimlari va agronomlar bilan birgalikda barcha bogindagi deputatlarning ham safarbarligi va masuliyatini oshirishga alohida ahamiyat qaratildi.

Kun tartibidagi yana bir muhim masala joriy yilda yetishtiriladigan galla hosilini nest-nobud qilmasdan, qisqa muddatda yigishtirib olish borasida amalga oshirilishi zarur bolgan ishlar ham muhokama qilindi.

Mamlakatimiz boyicha bu yilgi galla orim-yigim mavsumida qatnashadigan mavjud 3 ming 106 ta yuqori unumli galla orish kombaynlarini sifatli tamirlash va tayyorlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Bundan tashqari, 400 ta yangi galla orish kombayni joylarga yetkazilmoqda. Ular orim-yigim ishlarini har yilgiga nisbatan bir hafta oldin yakunlash imkonini beradi. Buning uchun joylarda galla orim-yigimi otryadlarini tuzib, ularga kombayn, don tashish texnikasi, kochma tamirlash ustaxonalari va yoqilgi quyish agregatlarini biriktirib, orim-yigim ishlarini grafik asosida tashkil etish zarurligi takidlandi.

Vazirlar Mahkamasiga tez kunlarda joriy yildagi galla orim-yigimi bilan bogliq barcha tashkiliy masalalarni oz ichiga olgan qaror loyihasini kiritish vazifasi topshirildi.

Majlisda hududlarda byudjetga qoshimcha daromadlarni jalb qilish borasida olib borilayotgan ishlarning holati tanqidiy tahlil asosida korib chiqildi. Bu borada joriy yilning shu davri uchun belgilangan rejalar ayrim hududlarda bajarilmasdan qolayotgani tanqid qilindi. Natijada shu hududlarda soliq qarzdorligi oshib bormoqda.

Joylardagi mahalliy hokimliklar, sektorlar rahbarlari hanuzgacha byudjetga qoshimcha daromad manbalarini aniqlash va jalb qilishdan kozlangan maqsadni chuqur tushunib yetmayotgani aytib otildi. Bu borada moliya tashkilotlari tomonidan qoshimcha daromad manbalarini aniqlash boyicha organishlar otkazilmayotgani, faoliyat korsatmayotgan yuridik shaxslar faoliyatini qayta tiklash orniga faqatgina ularni tekshirib, faoliyatini tugatish bilan cheklanayotgani asosiy sabablar sifatida qayd etildi. Har bir tarmoq va hududda ijro intizomini mustahkamlash, rahbarlarning masuliyati va faoliyat samaradorligini oshirish eng muhim vazifa bolib qolayotgani alohida takidlandi.

Majlisda sozga chiqqanlar Prezidentimiz tomonidan bildirilgan chuqur tanqidiy fikrlar asosida, sohadagi mavjud kamchilik va muammolarni tezda bartaraf etish, belgilangan topshiriq va rejalarni vaqtida va samarali bajarish boyicha amaliy fikr va takliflar bildirdilar.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018