2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoganning Qoshma bayonoti

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan 2018 yil 29 aprel 1 may kunlari davlat tashrifi bilan Ozbekistonda boldi.

1. Dostona, ozaro anglashuv, ochiq va konstruktiv muhitda bolib otgan muzokaralar davomida davlat rahbarlari ikki qardosh mamlakatlar ortasidagi strategik munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, ular boyicha aniq kelishuvlarga erishish masalalarini muhokama qildilar hamda Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik joriy masalalar boyicha fikr almashdilar.

Davlat rahbarlari mazkur tashrif Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 26-27 oktabr kunlari Turkiyaga davlat tashrifi davomida Ozbekiston bilan Turkiya ortasidagi munosabatlarda erishilgan ijobiy natijalarni korib chiqish uchun qulay imkoniyat taqdim etganini takidladilar. Ular yuqorida qayd etilgan tashrif yakunlari boyicha imzolangan, ikki mamlakat ortasidagi uzoq muddatli hamkorlikning muhim jihatlarini ozida aks ettirgan hamda Ozbekiston bilan Turkiya ortasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga olib chiqilganligini etirof etgan Prezidentlarning Qoshma bayonotiga sodiq ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Shu munosabat bilan, Prezidentlar iqtisod, moliya, savdo, sanoat, investitsiya, turizm, transport va logistika, mudofaa, madaniyat, talim, kadrlar tayyorlash, ilm-fan, sogliqni saqlash, yoshlar va sport, kutubxona ishi, shuningdek, yanada rivojlantirish uchun salohiyatga ega bolgan boshqa sohalarda ozaro munosabatlarni mustahkamlash boyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun bundan buyon ham oz say-harakatlarini safarbar etishda qatiy ekanliklarini etirof etdilar.

2. Prezidentlar Turkiya bilan Ozbekiston ortasidagi strategik sheriklikni institutsionallashtirish maqsadida Oliy darajadagi Ozbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashi tuzilganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda Kengash ish reglamentini ilovaga muvofiq tasdiqladilar.

3. Davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Turkiya Buyuk millat majlisi aloqalari kengayib borayotganligi va ular ortasidagi hamkorlik mustahkamlanayotganligini mamnuniyat bilan takidladilar hamda ikki parlamentlar ortasidagi munosabatlarning yanada rivojlanishini qollab-quvvatlashlarini malum qildilar.

4. Prezidentlar Ozbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi ortasidagi ozaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish strategik xususiyat kasb etishini qayd etdilar.

Davlat rahbarlari 2017 yilda mamlakatlar ortasidagi ikki tomonlama savdo hajmining sezilarli darajada oshganligini mamnuniyat bilan takidladilar hamda yaqin yillarda uni 5 milliard AQSh dollariga kotarishga qatiy tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

Shu munosabat bilan, Prezidentlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha Ozbekiston-Turkiya hukumatlararo qoshma komissiyasining yigilishlarini muntazam va muvaffaqiyatli otkazishni qollab-quvvatlashlarini bildirdilar va tez fursatlarda Preferensial savdo togrisidagi bitimni tuzish muhimligini takidladilar.

Ozbekiston tomoni Turkiya bozorida yuqori talabga ega bolgan keng turdagi sanoat, toqimachilik, kimyo, oziq-ovqat, qishloq xojaligi va boshqa mahsulotlarni eksport qilishga tayyorligini bildirdi.

Istanbulda tashkil etilgan Ozbekiston-Turkiya savdo uyining samarali faoliyat korsatishi ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmini yanada oshirishga imkon berishi takidlandi.

Tomonlar ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ortasida hamkorlikni yanada kengaytirish, shuningdek, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ikki mamlakatda tadbirkorlarni qollab-quvvatlash markazlarini tashkil etishga komaklashishga kelishib oldilar.

Prezidentlar mazkur tashrif davomida 2018 yil 30 aprelda Toshkentda bolib otgan biznes-forum Turkiya investorlarining Ozbekistonda, Ozbekiston tadbirkorlarining Turkiyada investitsiya va tadbirkorlik faoliyatlarini kengaytirishga yangi turtki berishiga ishonch bildirdilar.

5. Turkiya tomoni Turkiya tadbirkorlarining Ozbekistonga investitsiya kiritishlarini bundan buyon ham qollab-quvvatlash niyatida ekanligini yana bir bor tasdiqladi, Ozbekiston tomoni esa Turkiya investorlari uchun investitsiya kiritishni yengillashtirish va protseduralarni soddalashtirishda zarur komak berishga tayyorligini malum qildi.

6. Tomonlar energetika va tog-kon, shu jumladan, qayta tiklanadigan energiya, energiya samaradorligi va uglevodorodlar sohalarida hamkorlik ornatish va rivojlantirish hamda malumot va tajriba almashish imkoniyatlarini organishni qollab-quvvatlashlarini tasdiqladilar.

7. Tomonlar tadqiqot va ishlanmalar olib borish, suvni tejash innovatsion texnologiyalarini joriy qilish va boshqa tegishli sohalarda ilgor tajriba almashish orqali suv resurslari boyicha ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish istagini bildirdilar.

Tomonlar qishloq xojaligi sektorida yaqin hamkorlikni qollab-quvvatlash, Ozbekistonlik ekspertlar uchun Turkiyada oquv dasturlarini tashkillashtirish hamda qishloq xojaligi texnikasi va mahsulotlarining ozaro savdosini kengaytirishga kelishib oldilar.

Ormon xojaligi va chollanishga qarshi kurashish sohalarida qoshma loyihalar ishlab chiqish va seminarlar tashkil etish boyicha kelishuvga erishildi.

8. Prezidentlar tashqi bozorlarga eng qisqa va samarali chiqishni taminlovchi transport va tranzit yolaklarini rivojlantirish sohasida yaqin hamkorlikni chuqurlashtirish mamlakatlar va mintaqalar ortasidagi xalqaro savdoni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishini takidladilar.

Davlat rahbarlari Istanbul va Samarqand ortasida togridan-togri parvozlar yolga qoyilganligini mamnuniyat bilan etirof etdilar va fuqaro aviatsiyasi sohasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, mavjud yonalishlar boyicha muntazam qatnovlarni kopaytirish, shuningdek, yangi parvozlarni yolga qoyishga qatiy tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Ikki mamlakat hududlari orqali otuvchi xalqaro transport yolaklarining raqobatbardoshligi va jozibadorligini oshirish maqsadida, Tomonlar tashqi savdo yuklarini tranzit tashishda tariflarni yanada maqbullashtirish va preferensial sharoitlar yaratishga yonaltirilgan tizimli ozaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

9. Davlat rahbarlari ikki mamlakat ortasida moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion hamkorlikni yanada kengaytirishni qollab-quvvatlashlarini takidladilar hamda bu borada Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) faoliyatini ijobiy baholadilar.

10. Turkiya tomoni 2018 yil 10 fevraldan Turkiya fuqarolarining Ozbekistonga vizasiz tashriflari yolga qoyilganligini mamnuniyat bilan qarshi oldi. Turkiya 2007 yildan buyon Ozbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni qollayotganligini inobatga olib, ikki mamlakat turizm va iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki xalqlar ortasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash uchun ulkan salohiyatga ega ekanligi takidlandi.

11. Prezidentlar mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka hissa qoshadigan qoshma dasturlarni amalga oshirish va tajriba almashish orqali mudofaa, mudofaa sanoati sohalarida, shuningdek, harbiy-texnikaviy masalalarda aloqalar va hamkorlikning faollashganligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Tomonlar ikki mamlakatning mudofaa idoralari va qurolli kuchlari ortasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, harbiy talim sohasida tajriba almashish hamda boshqa Tomon tashkil qilgan oquv dasturlari va mashgulotlarida harbiy xizmatchilarining ozaro ishtirok etishlari boyicha hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanliklarini bildirdilar.

12. Prezidentlar terrorizm, zoravonlikka asoslangan ekstremizm, noqonuniy migratsiya, giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, xavfsizlikka oid boshqa tahdid va xavflarga qarshi kurashishga qatiy ekanliklarini hamda qoshma mexanizmlardan foydalangan holda, ham ikki tomonlama, ham kop tomonlama darajalarda hamkorlikni mustahkamlash va diversifikatsiyalash niyatida ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.

13. Turkiya tomoni Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va ravnaq topayotgan mintaqaga aylantirish maqsadida Markaziy Osiyoda oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, ozaro anglashuv, ishonch, ahil qoshnichilik va yanada yaqin mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash boyicha Ozbekiston va boshqa qardosh mamlakatlarning say-harakatlarini qollab-quvvatlashini malum qildi.

Shu munosabat bilan, Samarqand shahrida 2017 yil 10-11 noyabr kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni taminlash boyicha Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik mavzusida xalqaro konferensiya muvaffaqiyatli otkazilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

14. Prezidentlar mintaqaviy va global darajada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga intilishlarini yana bir bor takidladilar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qatiy tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Turkiya tomoni Ozbekiston tomonining BMT Bosh Assambleyasining Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va Marifat va diniy bagrikenglik rezolyutsiyalarini, BMTning Yoshlar huquqlari togrisidagi Konvensiyasini ishlab chiqish va ilgari surish, shuningdek, Islom Hamkorlik Tashkilotining fan va texnologiyalar boyicha ikkinchi sammitini 2020 yilda Ozbekistonda otkazish boyicha tashabbuslarini qollab-quvvatladi.

15. Turkiya tomoni Ozbekiston Respublikasining Turkiyzabon davlatlar hamkorligi kengashi bilan munosabatlarini yanada rivojlantirish boyicha oz istagini yana bir bor izhor etdi va Ozbekiston tomonining tashkilot faoliyatiga qiziqishi ortib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

16. Prezidentlar mintaqaviy va global hamkorlarning qatiy qollab-quvvatlashi bilan Afgoniston Islom Respublikasida afgonlar boshchiligida va afgonlarning ozlari tomonidan olib boriladigan keng qamrovli tinchlik jarayonini tez fursatda ishga solish muhimligini takidladilar.

Prezidentlar Afgonistonni barqarorlashtirish va qayta tiklash boyicha oz say-harakatlari va oxshash yondashuvlarini mamnuniyat bilan qayd etib, ikki tomonlama muloqot va birgalikda harakat qilish hamda Afgonistonga oid masalalar boyicha kop tomonlama forumlar doirasida hamkorlikni kengaytirishga chaqirdilar.

Shu munosabat bilan, Prezidentlar 2018-yil 26-27-mart kunlari Ozbekistonda otkazilgan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusidagi Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyada qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish boyicha hamda Osiyo yuragi - Istanbul jarayoni doirasida yaqin hamkorlikka tayyor ekanliklarini etirof etdilar.

17. Prezidentlar kop asrlik tarixiy rishtalar va umumiy manaviy-madaniy qadriyatlar asosida madaniyat, ilm-fan va talim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ikki mamlakatning ilmiy, madaniy va talim muassasalari tomonidan qoyilgan qadamlarni yuqori baholadilar. Ular madaniy markazlar ochish, olim va talabalar almashinuvi kabi aniq loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, turli madaniy tadbirlarni, shu jumladan, arxiv korgazmalari, qoshma kinematografiya mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish boyicha say-xarakatlarni faollashtirishni qollab-quvvatlashlarini tasdiqladilar.

18. Davlat rahbarlari tashqi siyosat idoralari ortasida, shu jumladan, diplomatik kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni yanada kengaytirishga chaqirdilar.

19. Prezidentlar oliy talim sohasida yaqin hamkorlikni, shu jumladan, bakalavriat va magistraturada talim olish uchun ikkinchi tomon mamlakati fuqarolariga stipendiyalar ajratish orqali yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini etirof etdilar.

20. Davlat rahbarlari samarali uchrashuvlar, shuningdek, mazkur davlat tashrifi davomida imzolangan hujjatlar Ozbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi ortasidagi qardoshlik munosabatlarini tenglik va ozaro manfaat asosida mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.

21. Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va butun ozbek xalqiga turk delegatsiyasiga korsatilgan mehmondostlik va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentiga Oliy darajadagi Ozbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi majlisida ishtirok etish uchun diplomatik kanallar orqali kelishiladigan ozaro maqbul muddatlarda Turkiyada tashrif bilan bolishni taklif qildi.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogan

 

Toshkent, 2018-yil 30-aprel

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV Matbuot xizmati

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018