2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Innovatsiyalar Oʻzbekiston rivojlanishini yanada jadallashtiradi

Toshkent shahrida 24-29-sentabr kunlari boʻlib oʻtayotgan ICTWEEK Uzbekistan-2018 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida sohani yanada takomillashtirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar, aloqa va axborotlashtirish sohasidagi yangi muvaffaqiyatlar taqdimoti oʻtkaziladi.

ICTExpo 2018 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari koʻrgazmasi shular jumlasidandir.

Koʻrgazma ishtirokchilari oʻz oldiga 2030 yilga qadar Global innovatsiya indeksi reytingi boʻyicha 50 ilgʻor mamlakat qatoriga kirish kabi ulkan vazifani qoʻygan Oʻzbekistonda innovatsion rivojlanish yanada jadallashadi, degan fikrda yakdil.

Koʻrgazmada Germaniyaning Microbox GmbH kompaniyasi turli modifikatsiyadagi skanerlarini namoyish qilmoqda.

Biz jahonning yetakchi arxivlari, kutubxonalari va muzeylari bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilamiz, deydi kompaniyaning Markaziy Osiyo boʻyicha Mintaqaviy direktori Sayyora Azimova. Oʻzbekistonda uskunamiz xarid qilinishi va servis xizmati koʻrsatishda bizga mahalliy Book2net korxonasi koʻmaklashmoqda.

Rossiyaning Eltex kompaniyasi stendi ham eʼtiborga molik. IT va telekommunikatsiya uskunalari ishlab chiqaruvchi korxona sanoat obyektlari uchun infratuzilma yechimlarini taklif qilmoqda.

Novosibirsk va Olmaota shaharlarida kompaniyamizning ikkita ishlab chiqarish majmuasi faoliyat yuritadi, deydi Eltex kompaniyasi vakili Olga Malseva. Biz FBWA yechimlari simsiz keng polosali internet tarmogʻidan foydalanish, idora ixtiyoridagi telefon tarmoqlari uchun yechimlar, Wi-Fi foydalanish nuqtalari, IPTV televideniyesi uchun uskunalar taklif qilamiz. Rossiyaliklar Oʻzbekistonda bugungi kunda yuz berayotgan islohotlarni katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda. Biz innovatsiyalarga qaratilayotgan eʼtibor ushbu islohotlarni jadallashtirishiga tilakdoshmiz.

Yaponiyaning Fujitsu korporatsiyasi rasmiy hamkori maqomiga ega TRIADA KOM MCHJ hozirgi kunda xavfsizlikning eng muhim elementi hisoblangan videokuzatuv tizimlarini namoyish etdi.

Biz Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqinda qabul qilingan Yoʻl harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qarorini katta qiziqish bilan qarshi oldik, deydi kompaniya vakili Vatan Toirov. Xususan, ushbu hujjatda yoʻllardagi munozarali va avariya holatlarini kuzatish uchun avtobus va taksilarda videoregistratorlarni oʻrnatish toʻgʻrisida soʻz boradi. Bu bilan biz Oʻzbekiston yoʻllarida xavfsizlikni taʼminlashga oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlardik.

Koʻrgazmada mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari ham faol ishtirok etmoqda. Masalan, Germes elektron hujjat aylanish tizimi BAIK Technologies MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan milliy mahsulot hisoblanadi.

Korporativ portalni yaratishda biz beshta asosiy tamoyilga tayandik, deydi Germes vakili Odil Moʻminov. Bular korxona boshqaruvchanligi va samaradorligini oshirish, korporativ madaniyatni mustahkamlash, qarorlarni qabul qilish jarayonini tezlashtirish, hujjatlarni markazlashtirilgan holda saqlash, korxonalar muhim sanalari taqvimidir.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti stendi oldida uchinchi kurs talabasi Sevara Polvonova talabalar saʼy-harakati bilan xususiy klinikalar uchun yaratilgan axborot tizimlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Tizimimiz bemorni elektron roʻyxatga olish jarayonini avtomatlashtiradi, deydi u. Barchamizga maʼlum, poliklinikalarda bemorlar uzoq vaqt navbatda turib qolishiga toʻgʻri keladi. Shunday muassasalarga tashrif buyuruvchilarning mushkulini oson qilishga qaror qildik. Shifokor tekshiruvidan soʻng bemorga retseptning elektron cheki taqdim etiladi. Bu mijozlar ogʻirini yengil qilish yoʻlidagi yana bir gʻamxoʻrlikdir.

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018