2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston-Turkiya: Ozaro ishonch va dostlikka asoslangan hamkorlik jadal rivojlanmoqda

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogon 2018-yilning 29-aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkiya Respublikasi Prezidenti va uning rafiqasini Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Takidlash lozimki, Turkiya Respublikasi Ozbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bolib tan olgan. 1996-yilda mamlakatlarimiz ortasida Abadiy dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma imzolangan. Xalqlarimiz kop asrlik tarixi, tili, dini, qadriyatlari va mushtarak urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas boglangan. Davlatlarimiz ortasida ozaro ishonch asosidagi dostona munosabatlar bugungi kunda izchil mustahkamlanib bormoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari Koksaroy qarorgohida bolib otdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogon shohsupaga kotarildilar. Ozbekiston va Turkiya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan otdilar.

Rasmiy kutib olish marosimidan song Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogon tor doirada uchrashuv otkazdi. Dostona va ochiqlik ruhida otgan muloqotda Ozbekiston bilan Turkiya ortasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Prezidentimiz Turkiya Prezidentini samimiy qutlab, mamlakatlarimiz munosabatlari rivojida muhim siyosiy voqea bolgan ushbu tashrif ozaro ishonch va hurmatga asoslangan hamkorligimiz izchil rivojlanib borayotganining dalolati ekanini takidladi.

Otgan yil mamlakatlarimiz ortasidagi dostona munosabatlar yangi strategik bosqichga kotarildi. Ozaro say-harakatlar tufayli tovar ayirboshlash hajmi sezilarli darajada osdi. Imzolangan hujjatlar samarasida xalqlarimiz ortasidagi bordi-keldi yengillashdi. Oliy darajadagi navbatdagi muzokaralar xalqlarimiz manfaatiga xizmat qilayotgan ushbu ezgu ishlar suratini yanada oshirishiga ishonchim komil, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Rejep Tayyip Erdogon davlatimiz rahbariga taklif uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik barcha sohalarda muttasil taraqqiy etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turkiya va Ozbekiston tarixi buyuk, urf-odat va ananalari mushtarak, eng yaqin dostlar sifatida tanilgan. Xalqaro maydonda ham, ozaro aloqalarda ham bir-birini doimo qollab-quvvatlaydi. Bugungi muzokaralar ushbu dostlik rishtalarini yana bir pogona yuqoriga olib chiqishiga ishonaman, dedi Rejep Tayyip Erdogon.

Ozbekiston va Turkiya hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli. Mamlakatimizning bozori, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti Turkiyani qiziqtiradi. Ushbu mamlakatning rivojlangan sanoati, transport kommunikatsiyalari, dengiz yollari, qishloq xojaligi va turizm salohiyati Ozbekistonga foyda keltiradi.

Davlat rahbarlari 2017-yil 14-may kuni Pekinda otgan Bir makon, bir yol forumi, osha yilning 10 sentyabr kuni Ostona shahrida bolgan Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar boyicha sammiti doirasida muzokaralar otkazdi. Shuningdek, sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi doirasida uchrashdi.

Prezidentimizning 2017-yil oktyabr oyida Turkiyaga davlat tashrifi ikki tomonlama dostona munosabatlarda yangi davrni boshlab berdi. Tashrif davomida ikki davlat rahbarlari Ozbekiston Turkiya hamkorligining mavjud holati va istiqbollarini batafsil muhokama qildilar. Imzolangan Qoshma bayonot ozaro hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishda eng muhim hujjat boldi.

Prezidentlar muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirdilar.

Muzokarada savdo, sanoat, qishloq xojaligi, transport, turizm, ilm-fan va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ozaro savdo hajmi va uning tarkibini kengaytirish boyicha ijobiy ozgarishlar alohida qayd etildi.

Turkiya Ozbekistonning muhim savdo sheriklaridan biridir. 2017-yilda davlatlarimiz ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga ortib, 1,5 milliard AQSH dollarini tashkil etdi.

Shu yilning birinchi choragida bu korsatkich 20 foizga osib, 400 million dollarga yetdi. Yaqin yillarda bu korsatkichni 5 milliard dollarga yetkazish boyicha aniq tadbirlar yuzasidan kelishib olindi.

Rangli metallar va ulardan tayyorlanadigan buyumlar, meva-sabzavot mahsulotlari, xizmatlar, azot ogitlari, neftni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar mamlakatimizning Turkiyaga asosiy eksporti bandlarini tashkil etadi. Oz navbatida, mamlakatimiz pardoz-andoz buyumlari, turli mexanik va elektron uskunalar, plastmassa va ulardan tayyorlanadigan mahsulotlar, toqimachilik, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, teri oshlash va boyash vositalarini import qiladi.

Ozbekiston Turkiya bozoriga yengil sanoat, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, charm-poyabzal va qishloq xojaligi mahsulotlari eksport qilishni kengaytirishga tayyor. Bu borada Istanbul shahrida ochilgan Ozbek Turk savdo uyi imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkinligi alohida qayd etildi.

Transport kommunikatsiyalari va tranzit sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga ham alohida etibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiya hamda Yer usti yuk tashuvlari togrisidagi kelishuvlarga muvofiq tuzilgan Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari boyicha qoshma komissiya bu yonalishdagi aloqalar rivojiga salmoqli hissa qoshmoqda.

Boku Tbilisi Kars temir yoli ozaro savdo aloqalari uchun ulkan imkoniyatlar yaratishi qayd etildi. Shu jihatdan tranzit tariflarini yanada maqbullashtirish muhimligi takidlandi.

Ozbekistonda 1993-yildan buyon vakolatxonasi faoliyat korsatayotgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) say-harakatlari ham yuqori bahoga loyiqdir. Otgan davr mobaynida ushbu agentlik tibbiyot va talim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, qishloq xojaligi hamda kichik va orta biznesni rivojlantirishga yonaltirilgan qator loyihalarning hayotga tatbiq etilishida faol qatnashdi.

Muzokarlarda hali foydalanilmagan imkoniyatlar kopligi, ushbu tashrif ikki mamlakat vazirlik va idoralari, ishbilarmon doiralari ortasidagi aloqalar rivojiga yangi surat baxsh etishi takidlandi.

Ikki mamlakatda ham xaridorgir bolgan yuqori qoshimcha qiymatli mahsulotlarni yetkazib berish va uzoq muddatli investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish orqali ozaro savdo hajmini muttasil oshirib borish va diversifikatsiya qilish boyicha yakdil fikr bildirildi.

Ozbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qoshma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, eng avvalo, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida mineral va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish ishlari bundan keyin ham ragbatlantirib borilishi qayd etildi.

Turizm sohasidagi hamkorlikni jadallashtirishda milliy aviakompaniyalarimiz ortasida sherikchilik muhim orin tutadi.

Ozbekiston havo yollari milliy aviakompaniyasi tomonidan otgan yil oktyabr oyidan boshlab Samarqand Istanbul, joriy yilning martidan boshlabTurk havo yollari tomonidan shu yonalish boyicha togridan-togri aviaqatnovlar yolga qoyilgani, xalqlarimiz ortasidagi bordi-keldining soddalashtirilgani muhim ahamiyatga ega ekani alohida qayd etildi.

Hozirgi vaqtda aviaqatnovlarni kengaytirish maqsadida yangi reja va qoshma loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Mamlakatimizda turizm infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi dasturlar doirasida turk investitsiyasi ishtirokida qoshma loyihalarni amalga oshirish masalasi ham muzokaralar mavzusi boldi.

Ozbekiston ham, Turkiya ham turizm sohasida ulkan imkoniyatlarga ega. Bu salohiyatdan tola foydalanish, sayyohlar almashinuvini oshirish ulkan iqtisodiy samara beradi.

Yana bir muhim yonalish Ozbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish boyicha ham amaliy fikr almashuvlar bolib otdi.

Otkazilgan suhbat va muzokaralar davomida Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi infratuzilmalarini rivojlantirish va ularning faoliyatini shakllantirishda turkiyalik qardoshlar bilan yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan madaniy-gumanitar aloqalar ham Ozbekiston Turkiya munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. 2016-yil iyun oyida Anqarada Ozbekiston madaniyati kunlari bolib otdi. Turk sanat ustalarining Samarqandda otkaziladigan Sharq taronalari xalqaro musiqa festivalida muntazam ishtirok etishi, Turkiya davlat teleradiokompaniyasi (TRT) Ozbekistonda otkaziladigan rasmiy tantanalarni xorijiy mamlakatlarga retranslyatsiya qilishi ananaga aylandi.

Sogliqni saqlash va tibbiy talim sohalarida, yetakchi tadqiqot markazlari ortasida tajriba almashish hamda professional kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorlik ham muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatlarimiz BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar boyicha tomonlarning pozitsiyalari bir-biriga oxshash yoki yaqin.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro darajada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash istagida ekanliklarini takidlab, kop tomonlama tuzilmalar doirasida ozaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishlarini bildirdilar. Xususan, Afgonistonda tinchlik va barqarorlikka erishish masalasida ham atroflicha fikrlashib olindi.

Bizning bu boradagi qatiy pozitsiyamizni yana bir bor takidlashni istardim: Afgonistonda tinchlikka erishishning yagona yoli markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar ortasida oldindan hech qanday shart qoymasdan, togridan-togri muloqot olib borish zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. Albatta, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu borada asosiy vositachi rolini bajarishi lozim.

Davlat rahbarlari marifiy va bagrikeng islom dinini targib etish, uning asl insonparvarlik mohiyatini butun jahon jamoatchiligiga yetkazish borasida hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishini alohida takidladilar. Zero, islom dini doimo ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga davat etadi.

Muzokaralar yakunida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va TurkiyaPrezidenti Rejep Tayyip Erdogonkeng kolamli strategik hamkorligimizni yangi, yanada yuksak bosqichga kotarishga qaratilgan, oz mazmun-mohiyati bilan katta ahamiyatga ega bolgan Qoshma bayonotni imzoladilar.

Ozbekiston Turkiya hamkorligining huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida mamlakatlarimiz hukumatlari, vazirlik va idoralari ortasida iqtisodiyot, savdo-sotiq, transport-logistika, sanoat, ilm-fan, talim, turizm va boshqa sohalarga doir 24 ta hujjatga imzo chekildi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Rejep Tayyip Erdogon muzokaralar ozaro anglashuv va hurmat ruhida otganini, imzolangan hujjatlar Ozbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi ortasidagi uzoq istiqbolli hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini takidladilar.

Muzokaralar xalqlarimiz ortasidagi azaliy dostlik va qardoshlik ananalariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali boldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yonalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish boyicha kelishuvga erishildi, dedi davlatimiz rahbari.

Turkiya Prezidenti muzokaralar ozaro anglashuv, manfaatdorlik va ishonch ruhida otganini, Turkiya va Ozbekiston hamkorligi yanada mustahkamlanib, strategik darajaga kotarilganini takidladi. Kolami va ahamiyati katta bolgan kelishuvlarga erishilganidan, Buxorodagi muborak qadamjolarni ziyorat qilajagidan baxtiyor ekanini bildirdi.

Rejep Tayyip Erdogon Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonga mamlakatimiz parlamentida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida sozlab berildi. Turkiya Prezidenti Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati azolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldida nutq sozladi.

Kunning ikkinchi yarmida Turkiya Prezidenti Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoydi.

Shundan song Rejep Tayyip Erdogon Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qoyib, Buyuk Yolboshchimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogon Ozekspomarkazda tashkil etilgan Ozbekiston Turkiya ishbilarmonlari biznes forumida ishtirok etdilar. Biznes-forum doirasida umumiy qiymati 3 milliard dollarga teng 50 dan ortiq yangi investitsiyaviy qoshma loyihani amalga oshirish boyicha kelishuvlarga erishildi.

Prezidentlar mamlakatlarimiz ortasidagi ozaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday biznes-forumlar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogonning mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018