2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 N e w s

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida


   

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini korsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ish olib borilmoqda.

Shu bilan birga, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish va joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo va kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga, sifatli axborot xizmatlarini korsatishga tosqinlik qilmoqda. Xususan:

birinchidan, telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan, mamlakatning olis aholi punktlari telekommunikatsiya tarmoqlari bilan taminlanmasdan qolmoqda, mobil aloqa va Internet tarmogining sifati aholi ehtiyojlarini qondirmayapti;

ikkinchidan, davlat boshqaruvi tizimiga axborot texnologiyalari

va kommunikatsiyalarini joriy etishda yagona texnologik yondashuvning samarali amalga oshirilmaganligi sababli idoraviy axborot tizimlari

va resurslari alohida-alohida joriy qilinmoqda, buning oqibatida ularni yagona axborot makoniga integratsiyalash jarayoni murakkablashmoqda;

uchinchidan, elektron tijoratda integratsiyalashgan savdo va marketing platformalari, internet-dokonlar, tolov tizimlarini, shuningdek, logistika tizimlarini joriy etishga yetarlicha etibor qaratilmayapti, bu iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojlanishi, chet el investitsiyalari jalb qilinishi toxtatib turilishining sabablaridan biri bolmoqda;

tortinchidan, davlat axborot tizimlari va resurslarida axborot xavfsizligini va axborotni muhofaza qilishni taminlash ishlarining zaif tashkil etilganligi axborotdan ruxsatsiz foydalana olish, malumotlar bazalarining butunligi va maxfiyligini buzish imkoniyatini oshirmoqda;

beshinchidan, koplab davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari tomonidan aholiga korsatiladigan xizmatlarning sifati va tezkorligini oshirish, byurokratik tartib-taomillarga barham berish, qogoz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan axborotlashtirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish loyihalarini amalga oshirish masalalariga yetarlicha etibor berilmayapti;

oltinchidan, pochta aloqa xizmatlari va logistika tizimini modernizatsiya qilish, pochta aloqasi milliy operatori faoliyatining sifat jihatdan yangi uslublarini joriy etish va bozorda uning faoliyati mavqeini oshirishga doir tasirchan choralar korilmayapti;

ettinchidan, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi IT-texnologiyalar rivojlanishining tezkor suratlarini hisobga olmayapti, shuningdek, talim berishning ilgor uslublarini joriy etish uchun xorijiy mamlakatlarning yetakchi talim muassasalari bilan samarali muloqotni tashkil qilish imkonini bermayapti;

sakkizinchidan, elektron hukumat, elektron tijorat, elektron davlat xizmatlari korsatish tizimi, ularning shaffofligi va ochiqligi, shuningdek, telekommunikatsiya infratuzilmasining rivojlanishida ancha ilgarilab ketgan mamlakatlarning tajribasini chuqur organish va joriy etish boyicha tizimli ish olib borilmayapti.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, elektron davlat xizmatlari va telekommunikatsiya xizmatlari spektrini kengaytirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, Ozbekiston Respublikasida Mamuriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq:

1. Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi orinlarda Vazirlik deb yuritiladi) hamda Ozbekiston Matbuot va axborot agentligining:

Respublika axborot-kutubxona markazi, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlarini Ozbekiston Matbuot va axborot agentligining Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi tasarrufiga otkazish;

Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi davlat muassasasini Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi tuzilmasiga berish;

Matbuot tarqatuvchi AKni belgilangan tartibda Ozbekiston pochtasi AJga qoshish masalasini Matbuot tarqatuvchi AK va Ozbekiston pochtasi AJ aksiyadorlarining umumiy yigilishlarida qoyish togrisidagi takliflari maqullansin.

Vazirlik ikki hafta muddatda otkazilayotgan tashkilotlarning shtat birliklari va binolari, shuningdek, ularga tegishli bolgan tovar-moddiy boyliklar, shu jumladan pul mablaglarining Ozbekiston Matbuot va axborot agentligiga berilishini taminlasin.

2. Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yonalishlari etib belgilansin:

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

va qollash sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda munosabatlarni tartibga solish, elektron hukumatni joriy etish, axborot jamiyati va raqamli iqtisodiyotni shakllantirish faoliyatini muvofiqlashtirish;

oxirgi milya tamoyili boyicha Internet tarmogidan keng polosali foydalanishni kengaytirish, multiservisli aloqa tarmoqlari texnologiyalari, mobil aloqa bozori, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari, shuningdek, logistika va pochta aloqasi xizmatlari orqali telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish;

davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda joriy etish, idoralararo ozaro elektron hamkorlikni tashkil qilish, yagona elektron reyestrlar va malumotlar bazalarini, yagona darcha tamoyili boyicha elektron davlat xizmatlari korsatish tizimlarini shakllantirishga yagona texnologik yondashuv amalga oshirilishini taminlash;

davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning real sektorida innovatsiyalarni joriy qilishga komaklashish, raqamli iqtisodiyot osishini ragbatlantirish, shu jumladan ishlab chiqarishda kompleks avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish, elektron tijoratning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

shahar va hududiy infratuzilmani, shu jumladan kelgusida integratsiyalashgan, aqlli va xavfsiz shahar yagona kompleksiga birlashtirgan holda uy-joy kommunal xizmat korsatish, transport logistikasini, shoshilinch xizmatlarni boshqarishning zamonaviy intellektual tizimlarini joriy etish va rivojlantirish;

texnoparklar va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish,

shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy raqobatbardosh va eksport uchun moljallangan dasturiy mahsulotlar hamda xizmatlarning mahalliy ishlab chiqarilishini rivojlantirishni ragbatlantirish, shart-sharoitlar yaratish va investitsiyalarni jalb qilish;

etakchi xorijiy kompaniyalar va talim muassasalarining eng yaxshi amaliyoti asosida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida strategik va loyiha boshqaruvi, menejment, marketing boyicha ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni tashkil qilish;

kiberxavfsizlikni taminlash va tarmoqlar, dasturiy mahsulotlar, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishni taminlash boyicha kompleks choralarni amalga oshirish, shaxsiy va biometrik malumotlarni yigish, qayta ishlash va saqlash boyicha texnologiyalarning qollanishini tartibga solishda ishtirok etish;

taqdim etilayotgan telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarining yuqori sifatini taminlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonun hujjatlariga rioya etilishining davlat nazoratini amalga oshirish;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini qollash va rivojlantirish masalalari boyicha, shu jumladan, texnik standartlar, reglamentlar joriy etilishini tashkil qilish, shuningdek, Vazirlikning faoliyat sohasiga kiradigan boshqa yonalishlar boyicha xalqaro tashkilotlar, chet el kompaniyalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.

3. Belgilab qoyilsinki:

davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamgarmalar mablaglaridan foydalanishda yangi axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar, malumotlar bazalarini ishlab chiqishga, birinchi navbatda, aholiga korsatiladigan xizmatlarning sifatini va tezkorligini oshirishga, byurokratik tartib-taomillarga barham berishga, qogoz hujjat aylanishini kamaytirishga qaratilgan elektron davlat xizmatlarini joriy etishga ustuvor etibor qaratadilar;

davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masul bolgan rahbarlari va bolinmalari xodimlari uch yilda bir marta mos ravishda Vazirlik va uning hududiy boshqarmalarida attestatsiyadan otadilar;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masul bolgan ijro etuvchi hokimiyat respublika organlari bolinmalarining rahbarlari Vazirlik bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar;

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun masul bolgan ijro etuvchi hokimiyat hududiy organlari bolinmalarining rahbarlari Vazirlikning tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadilar.

4. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boyicha davlat inspeksiyasi Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat boyicha inspeksiya (keyingi orinlarda Inspeksiya) etib qayta tashkil etilsin.

Inspeksiya axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida qonunchilik, fonogrammalar, audiovizual asarlar, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni tarqatishda mualliflik huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanishi belgilansin.

2018 yil 1 apreldan Inspeksiyaga qonunchilik va boshqa normativ hujjatlar, davlat standartlari talablari hamda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining buzilish holatlari togrisidagi malumotlarni aniqlash, olish huquqi berilsin.

5. Vazirlik, Ozbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda Ozbekiston pochtasi AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sugurta xizmatlarini korsatish, shu jumladan tolovlarni qabul qilish va otkazish, bank kartalariga xizmat korsatish, aholining bosh pul mablaglarini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sugurta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni korsatish huquqlarini taqdim etish masalasini organsin hamda ushbu bandni amalga oshirish boyicha takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Vazirlik Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilar boyicha takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

Ozbekiston pochtasi AJni, shu jumladan chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilgor xalqaro tajribani organgan holda isloh qilish;

pochta aloqasi operatorlari va kurerlarining tarmogini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta jonatmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish.

7. Belgilab qoyilsinki:

a) 2018 yil 1 iyundan:

tadbirkorlik subektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmogidagi elektron savdo maydonchalari orqali, Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan royxat boyicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega;

tadbirkorlik subektlari tomonidan elektron tijoratdan foydalanish orqali sotiladigan tovarlar aylanmasi ularning hajmidan qati nazar, chakana savdo hisoblanadi;

b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarini jalb qilish, oz IT-infratuzilmasini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, Vazirlik xodimlarini moddiy ragbatlantirish Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan amalga oshiriladi;

v) Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari hisobidan Vazirlik xodimlarining mehnatiga haq tolash shartlari Vazirlik hayati tomonidan aniqlanadi;

g) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga masul bolgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bolmagan miqdorda belgilanadi;

d) davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirishga masul bolgan bolinma rahbarlari har yil yakunlari boyicha Vazirlik qarori asosida axborot tizimlari, elektron davlat xizmatlari va axborotlashtirishni joriy etish rejalari va dasturlarining oz vaqtida, toliq va sifatli bajarilganligi uchun, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgarmasi mablaglari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan eng kam ish haqining 100 baravarigacha miqdorda mukofotlanadi.

8. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 1 avgustga qadar muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2018-2020 yillarga moljallangan hududlarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturlarini va ustuvor loyihalarning manzilli royxatini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish, aholining sifatli mobil aloqa, Internet tarmogidan keng doirada foydalanishini taminlash;

sogliqni saqlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, talim, kommunal xizmat korsatish, turizm sohasida zamonaviy axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va malumotlar bazalarini joriy qilish, shuningdek, aqlli va xavfsiz shaharlar hamda hududlarni tashkil qilish;

davlat-xususiy sheriklik asosida innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, eksportbop dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni qollab-quvvatlash;

joylarda, ayniqsa, olis joylarda elektron davlat xizmatlarini taqdim etish tizimini yanada kengaytirish.

Belgilansinki, dasturlarni va loyihalarning manzilli royxatini moliyalashtirish Fond mablaglari hisobidan, tegishli hudud mobil aloqa xizmatlarini korsatadigan yuridik shaxslar tomonidan tolanadigan abonent raqamidan foydalanganlik uchun kelib tushadigan summaning 5 foizgacha bolgan miqdorida amalga oshiriladi.

9. Mazkur Farmonning 8-bandida nazarda tutilgan dasturlarning amalga oshirilishini tizimli monitoring qilish va idoralararo muvofiqlashtirish uchun Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boyicha hududiy kengashlar tashkil etilsin.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Vazirlik bilan birgalikda bir oy muddatda:

dasturlar qabul qilinganidan keyin hududiy kengashlar tarkiblarini tasdiqlasin, shuningdek, dasturlar ijrosining har oyda korib chiqilishini taminlasin;

Kompyuterlashtirish markazi DUKni Elektron hokimiyat axborot tizimini yaratish va joriy etishni asosiy vazifa deb belgilagan holda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi DUKga aylantirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni korsin.

10. Vazirlik hamda Oliy va orta maxsus talim vazirligining Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, shu jumladan uning filiallarida 2018/2019 oquv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boyicha oqitishning kredit tizimini joriy etish togrisidagi taklifi maqullansin.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga:

Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan kelishgan holda oquv jarayonining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish suratlari bilan uzluksiz aloqasini taminlashni hisobga olgan holda mustaqil ravishda oquv rejalar va dasturlar, bitiruvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

professor oqituvchilar tarkibi mehnatini oqitishning kredit tizimi shartlaridan kelib chiqib faqat talimga xos tadbirlar asosida ish vaqti xisobga olinishiga asoslangan holda mustaqil normalashni amalga oshirish, shuningdek, pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-uslubiy, manaviy-marifiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini ragbatlantirish huquqi berilsin.

Vazirlik Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda kredit tizimi boyicha oqitish tartibini belgilaydigan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

bir hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlik va Inspeksiya faoliyatini tashkil etish togrisidagi qarorlari loyihalarini kiritsin;

bir oy muddatda Vazirlik va Inspeksiya togrisidagi yangilangan nizomlarni tasdiqlasin.

12. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 fevraldagi Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish togrisidagi PF-4702-son Farmoni 2-bandi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

13. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B.M.Mavlonov va Ozbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B.Murodov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Toshkent shahri, 2018 yil 19 fevral

 

Manba: OzA



 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018